Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Afrika chempionlar ligasi finalida mojaro davom etmoqda

Afrika chempionlar ligasi finalida mojaro davom etmoqda

Baho:
+ | -

Afrika chempionlar ligasi finalida mojaro yuzaga keldi. Finalga Marokashning "Vidad Kasablanka" va Tunisning "Esperens" klublari yetib kelishdi.

24 may kuni Marokashda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Bu o‘yinda misrlik hakam Gehad Grisha mezbonlar zarariga xato qilgani uchun Afrika futbol konfederasiyasi uni 6 oyga futboldan chetlatdi.

31 may kuni bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida mojaro yanada kuchayib ketdi. Birinchi bo‘limda "Esperans" hisobni ochdi. 60-daqiqada esa "Vidad" mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo hakam golni inobatga olmadi. Marokashlik futbolchilar VAR tizimi orqali vaziyatni qayta ko‘rib chiqishni talab qilishdi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, javob o‘yinida VAR tizimi o‘rnatilmagan ekan. Tizimni Saudiya Arabistonidan Tunisga olib kelish chog‘ida Emirates aviakompaniyasi xodimining aybi bilan "Hawk-Eye"ga tegishli 3ta qutidan 1tasi aeroportda qolib ketgan. Natijada finalda bo‘lib o‘tayotgan stadionda VAR tizimi o‘rnatilmay qolgan.

Bekor qilingan gol paytida hakam videotakrorlarni ko‘ra olmagani bois "Vidad" futbolchilari norozilik sifatida maydonni tark etishdi. Uchrashuvni stadionda tomosha qilayotgan Afrika futbol konfederasiyasi prezidenti Ahmad Ahmad bir yarim soat davomida hakamlar va "Vidad" vakillari bilan gaplashib, o‘yinni qayta tiklashga uringan. Ammo uning urinishlari bekor ketdi. Natijada o‘sha bahsda marokashliklarga texnik mag‘lubiyatga yozishga qaror qilindi hamda "Esperans" futbolchilari Kubok hamda medallar topshirildi.

Afrika futbol konfederasiyasi Ijroqo‘mi vaziyatni o‘rganib chiqib, "Esperans" va "Vidad" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini natijasini bekor qilish haqida qaror chiqardi. Sabab — javob bahsida VAR tizimi o‘rnatilmagan. Ushbu qarordan keyin tunisliklar o‘zlariga topshirilgan Kubok va medallarni AFKga qaytarishlari kerak bo‘ladi.

Javob o‘yini neytral maydon — Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. "Esperans" esa mazkur qaror yuzasidan Sport arbitraj sudga murojaat qilishi haqida bayonot berdi. Ammo o‘yin qaytadan o‘tkazilmaguncha CAS bu ishni ko‘rib chiqmaydi. Javob o‘yinini esa boshqa qit’a hakamlar boshqarib borishadi.

Inobatga olinmagan gol va undan keyin yuzaga kelgan mojaro videosi:

Manba: Футболиум телеграм канали
Kiritildi: 06:42, 06.06.2019.
O'qildi: 9615 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик