Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Xalqaro sambo federasiyasi ijroqo‘m direktori MOQga tashrif buyurdi

Xalqaro sambo federasiyasi ijroqo‘m direktori MOQga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Milliy Olimpiya qo‘mitasi yurtimizda sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamda ish olib bormoqda. Mamlakatimizning ko‘plab xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishi esa maqsad sari yanada tez borishga zamin yaratadi. Toshkent shu yilning 11-13 oktyabr kunlari sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bo‘lajak musobaqaga tayyogarlik jarayonini ko‘zdan kechirish va ushbu sport turini yanada ommalashtirish mavzusida suhbat olib borish uchun Xalqaro sambo federasiyasi ijroqo‘m direktori Sergey Tabakov va Xalqaro sambo federasiyasi vakili Aleksandr Korsik Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Jasur Matchanov kutib oldi.

Suhbat avvalida MOQ Bosh kotibi mehmonlarga musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik va o‘zbek sambochilarining imkoniyatlari xususida ma’lumot berib o‘tdi.

Sambo yurtimizda eng rivojlangan sport turlaridan biri. Terma jamoamizda ushbu sport turi bo‘yicha ko‘pkarra jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yigitlar bor. Samboning O‘zbekistondagi rivoji bir maromda va barqaror ketmoqda. Bo‘lajak musobaqaga kelsak, biz uni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyormiz. Bu borada katta hamjda ishlar olib borilmoqda. Sambo sportini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ham tan oldi. Shu bois biz tomonimizdan uni yanada ommalashtirish masalasiga ham katta e’tibor qaratilgan. Ushbu sportning yanada ommalashishi uchun uni ko‘plab xalqaro kompleks musobaqalar dasturiga kirishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Misol uchun, sambo Islom birdamligi o‘yinlari sport musobaqasi dasturiga kirsa, o‘ylaymanki, uning ommalashuv geografiyasi yanada kengayadi”, – dedi Jasur Matchanov.

O‘z navbatida Sergey Tabakov ham olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berib, hamkorlik borasida qator fikrlarni bildirib o‘tdi.

Darhaqiqat, o‘zbek sambochilarining xalqaro maydondagi o‘rni baland. Bu sport o‘z-o‘zidan bunchalik ommalashmayapti. Bunda MDH mamlakatlarining ham o‘ziga yarasha o‘rni bor. Shu bois ham biz yurtingizdagi oliy o‘quv-yurtlarida samboga ixtisoslashgan fakultet ochish taklifi bilan chiqmoqchimiz. Agar bu g‘oya amalga oshsa, professor pedagog-kadrlar bo‘yicha biz har tomonlama yordam berishga tayyormiz. Samboni jahon miqyosida yanada ommalashtirish uchun uni o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish rejalashtirilgan. Bu esa Olimpiada sari qo‘yilgan katta qadam bo‘ladi”, – dedi Sergey Tabakov.

Muzokaralar davomida mamlakatimizning kelasi yili harbiylar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qilishi ham alohida mavzuga aylandi. Shuningdek, samboning O‘zbekistondagi rivoji borasida qator istiqbolli dasturlar xususida kelishuv olib borildi. Suhbat yakunida Xalqaro sambo federasiyasi vakillari yuqori saviyada tashkillashtirilgan uchrashuv uchun tashakkur aytib, MOQga esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:44, 07.06.2019.
O'qildi: 2274 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.