Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
09/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
09/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
09/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
09/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
09/10 21:00 Ummon - Kuvayt
09/10 21:00 BAA - KXDR
09/10 23:00 Iroq - Falastin
09/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Azar haqida «Barselona» futbolchilari qanday fikrda?

Azar haqida «Barselona» futbolchilari qanday fikrda?

Baho:
+ | -1

«Real Madrid» klubi uzoq davom etgan Eden Azar trasnferini deyarli yakunladi. Futbolchi «Chelsi» muxlislari bilan xayrlashdi va Madridga yetib keldi.

“Uning «Real Madrid» o‘yinchisiga aylanishi klub o‘yinini kuchaytira oladimi?”, — degan savol bilan «Barselona» futbolchilariga OAV tinimsiz savol bermoqda. Bugun ayni shu savolga berilgan javoblardan tashkil topgan intervyularni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Luis Suares
"Azarning «Real Madrid»ga kelishi bu futbol olamidagi katta yangilik. Men Edenni hurmat qilaman. U kuchli futbolchi. O‘ylashimcha, u «Real Madrid»ga asqotadi, shu o‘rinda «Qirollik klubi» ham unga qo‘l keladi. Axir uning orzusi hozirgina amalga oshdi".

Ernesto Valverde
"Azarning «Real Madrid»ga o‘tishi bizni sergaklantirishi darkor. Biz o‘tgan mavsumdagi omadsizliklarni bir chetga surib, o‘zimizni biroz o‘zgartirishimiz kerak. Yangicha uslubda, yangicha ko‘rinishda, eng muhimi kuchliroq bo‘lib o‘z maqsadlarimizga intilmoqchimiz. Keyingi mavsum haqida so‘z borar ekan, shuni aytishim mumkinki, biz hozirda faqat YECHLda g‘alaba qozonish borasida bosh qotiryapmiz. Azarning kelishi bizni chalg‘itmayapti, vaholanki uning kelishi yakunlangan mavsumda klubdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishini bilsakda".

Lionel Messi
"Edenning «Real Madrid»ga o‘tishi ular uchun ajoyib yangilik. U iqtidorli futbolchi va o‘z maqsadlari sari intiluvchan yigit. O‘z orzusidagi klubga o‘tganining o‘ziyoq uning naqadar mehnatkash ekanligidan dalolat beradi. Yangi mavsumda biz ulardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Shu jumladan ular ham bizdan hayiqib turishlari hech kimga sir emas. Yakunlangan mavsumdagi omadsizliklar ular uchun katta g‘alabalar oldidan tramplin vazifasini o‘tab berdi. Ularda tarkibni kuchaytirib olish uchun butun boshli yoz mavsumi bor. Biz esa, o‘zimizning muammolarimiz  haqida bosh qotirganimiz ma’qul".

Ivan Rakitich
«Real Madrid» yozgi transferlar oldidan ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, amalda deyarli katta xaridlardan birortasini amalga oshirganicha yo‘q. Edenning klubga kelishi borasidagi mish-mishlar paydo bo‘lganiga 2 yil bo‘lmoqda. Shu sababli, uni bu mavsumdagi amalga oshmagan mish-mishlar safiga qo‘shmoqchi emasman. Umid qilamanki, «qirollik klubi» uni o‘z tarkibiga qo‘shib olganiga afsuslanmaydi. Hozirda «Real»ga yetishmayotgan saviyali hujumchi muammosini u bartaraf eta olishiga ishonchim komil. To‘g‘risi, uning kelishidan «Barselona» muxlislari ham xursand. Endi «el-klassiko» yanada qizg‘in ruhda o‘tadi va muxlislar teng kuchli raqiblar o‘rtasidagi bahsni tomosha qilishlari mumkin.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 17:13, 08.06.2019.
O'qildi: 23056 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.