Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘FA: «Yirik g‘alabada muxlislarning hissasi katta» (video)

O‘FA: «Yirik g‘alabada muxlislarning hissasi katta» (video)

Baho:
+ | -

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDRga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati “KXDR ustidan qozonilgan g‘alabada muxlislarning ham hissasi katta” nomli kichik maqola e’lon qildi.

“O‘yin yirik hisobda vakillarimiz foydasiga yakunlandi. Mazkur chiroyli g‘alabada “Milliy” stadionga yig‘ilgan 34 000 nafarga yaqin muxlislarning ham hissasi katta ekanini alohida ta’kidlash kerak.

Ular o‘yin davomida tinmasdan futbolchilarimizni olqishlab turishdi. Stadionda ajoyib atmosfera yaratishdi. Ayniqsa, turli rangdagi bayroqchalarni ko‘tarib o‘ziga xos mozayka yaratilgani, xuddi Yevropa stadionlaridagi kabi chiroyli manzarani yuzaga keltirdi.

Bunday muhit o‘zimizning futbolchilarga dalda bergan bo‘lsa, raqib futbolchilarini dovdiratib qo‘ydi. Bu haqida KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yun Chon Su ham o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“O‘yinda stadiondagi muhit bizning futbolchilarga bosim yukladi. Ular o‘z o‘yinlarini namoyish qila olishmadi”, deb ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham muxlislarning tashirfini alohida baholadi.

“Bugun stadionda ko‘plab muxlislarni ko‘rib juda ham xursand bo‘ldim. Ochig‘i, o‘rtoqlik o‘yiniga bu qadar ko‘p muxlis keladi, deb kutmagandim. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirib o‘taman”, dedi Kuper.

Qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston milliy terma jamoasi sizning qo‘llab-quvvatlashingiz ostida yanada yaxshiroq va chiroyliroq o‘yin namoyish qilishga, ijobiy natija qayd etib, yurtimizdagi barcha muxlislarni xursand qilishga intiladi! Shunday ekan, stadionga tashrif buyuring, terma jamoamizni olqishlang va g‘alabaga o‘z hissangizni qo‘shing!

11 iyun kuni soat 18:30da Suriya terma jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinda barcha muxlislarni “Milliy” stadionda kutib qolamiz!”, deyiladi O‘FA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha KXDRga qarshi o‘ynagan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida gollarga Odil Ahmedov, Temurxo‘ja Abduholiqov, Igor Sergeev va Doston Tursunovlar mualliflik qildi.

Manba: UFA
Kiritildi: 17:41, 08.06.2019.
O'qildi: 3991 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик