Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Ronaldu Virjilga qanday javob qaytardi

Ronaldu Virjilga qanday javob qaytardi

Baho:
+2 | -

Xabaringiz bor, kuni kecha «Millatlar Ligasi» musobaqasi yakunlandi. Biz esa final ishtirokchilarining fikrlari bilan tanishdik. Ayniqsa, final oldidan Ronaldu va Virjil o‘rtasidagi keskin munosabat qay tomonga o‘zgargani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lsa, ajab emas.

Ronald Kuman

Bugungi uchrashuvning natijasidan qat’iy nazar men shogirdlarimdan mamnunman. Biz Germaniya, Fransiya singari kuchli terma jamolar joy olgan guruhda birinchi o‘rinni egalladik va yarim final uchrashuvida Angliyani mag‘lub qildik. Finalda esa, bizni Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya to‘xtatib qoldi. Bu musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Oldinda bizni bundanda muhimroq «Evro» saralash uchrashuvlari kutib turibdi. Biz nufuzliroq musobaqada bundanda kuchliroq ishtirok etishimizga aminman.

Fernando Santush

Biz bugun tarix yaratdik. Shu o‘rinda Gollandiya terma jamoasiga ham qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Ayniqsa, so‘nggi yillarda bu terma jamoada o‘sish kuzatildi. Bu mavsumda «Ayaks» YCHLda nimalar qilganini hamma ko‘rdi. Virjil esa, «Liverpul» safida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Men shunday kuchli terma jamoa ustidan g‘alaba qozongan shogirdlarim bilan faxrlanmasligim mumkin emas.
Ronalduning yoshi ko‘pchilikda savol uyg‘otsada, u men uchun o‘z pozisiyasida tengsiz futbolchi. Uning tezligi va to‘p bilan munosabatda bo‘lishiga istalgan yoshdagi futbolchi havas qilsa, arziydi. «Millatlar Ligasi»ning ilk chempioni bo‘lganimizdan baxtiyorman. Bu musobaqada ishtirok etish evaziga biz katta tajriba to‘pladik. Oldinda bizni katta zafarlar kutib turganiga ishonaman. Yaqinlashib kelayotgan qit’a birinchiligida munosib ishtirok etishimiz shart. Sababi, biz chempion jamoa sifatida musobaqaga tashrif buyuramiz.

Ronaldu

Men bu musobaqani yaxshi ko‘raman. Ayni shu turnir sababli biz eng kuchli terma jamoalar bilan maydonda kuch sinashish baxtiga muyassar bo‘ldik. Bugungi g‘alabadan so‘ng De Ligtga «Yuventus»ga o‘tishni maslahat berdim. U kabi futbolchilar istalgan klubni kuchaytira oladi. Musobaqada g‘olib chiqqanimizdan juda hursandman. To‘g‘risi, final uchrashuvida imkoniyatni boy berish juda alamli bo‘lishini yaxshi bilaman. Shu sababli, bugungi bahs oldidan sheriklarim bilan kelishib olgan edik. Baxtimizga uchrashuv o‘z maydonimizda kechdi va jamoamizni muxlislar yolg‘izlatib qo‘yishmadi. Bu ularning g‘alabasi desam, adashmagan bo‘laman. Virjil bugungi uchrashuvda yaxshi harakat qildi. U saviyali himoyachi lekin, istasa bundanda kuchliroq bo‘la oladi. Buning uchun bor e’tiborini o‘z ishiga qaratishi shart. U esa, muxlis va jurnalistlar bilan ko‘p muloqotda bo‘lmoqda. Umid qilamanki, bor e’tiborini futbol o‘ynashga qaratadi. Ana shundagina u dunyoning tengsiz fubolchisi bo‘lishi mumkin.

Virjil van Deyk

Final uchrashuvi yakunlangach, mahalliy jurnalistlar gollandiyalik himoyachini Ronalduga oid savollar bilan ko‘mib tashlashdi. Virjil esa, «A C» nashriga qisqa intervyu berdi:
“Bu final. Unda yengilish doimo yoqimsiz holat. Hozir bizning kayfiyatimiz tushkun holda. Shunday bo‘lsada, muhim bo‘lmagan musobaqada chempion bo‘la olmaganimiz uchun hafa bo‘lishning xojati yo‘q. Ronaldu haqida aytgan hamma so‘zlarimni qaytarib olaman. U aql bovar qilmas darajada kuchli futbolchi va u buni yana bir bor hammaga isbotlab qo‘ydi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 21:34, 10.06.2019.
O'qildi: 18940 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.