Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«Ittifoq Buxoro» klubiga yana texnik mag‘lubiyat yozildi

«Ittifoq Buxoro» klubiga yana texnik mag‘lubiyat yozildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytga kelib A va B Pro-ligada mavsum o‘zining ayni qizigan pallasiga yaqinlashmoqda. Jamoalar hozirga kelib 9 tadan uchrashuvlar o‘tkazib ulgurishdi.

Biroq PFL oldidagi majburiyatlarini hamon to‘la bajarmay kelayotgan klublar ham yo‘q emas.

Jumladan, “Ittifoq Buxoro” klubi haligacha badal pulini to‘lab ulgurgani yo‘q.

Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o‘tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi yuqoridagi klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klub tomonidan zarur harakat amalga oshirilmadi.

Shu sababdan bugungi B Pro-liga 10-turi doirasidagi “G‘ijduvon”ga qarshi bahsda “Ittifoq Buxoro” klubiga texnik mag‘lubiyat yoziladi.

Qayd etish joiz, B Pro-liga 9-turi doirasidagi “Zomin” bilan o‘yinda ham mazkur klubga texnik mag‘lubiyat yozilgan edi. 

Natijada “Ittifoq Buxoro” jamoasi hisobidagi texnik mag‘lubiyatlar soni 2 taga yetdi va endi klubni B Pro-liga bahslaridan chetlatish masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Manba: PFL
Kiritildi: 10:51, 11.06.2019.
O'qildi: 1536 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик