Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jahonni titratgan og‘ir atletikachilarimiz Toshkentda kutib olindi

Jahonni titratgan og‘ir atletikachilarimiz Toshkentda kutib olindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 1-8 iyun kunlari Fijining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada terma jamoamiz 2 sportchi bilan ishtirok etib, 100 foizlik natija qayd etdi. Musobaqada qatnashgan polvonlarimiz Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo‘rayev (-109 kg) dast va siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash bo‘yicha ham barcha oltin medallarni o‘z hisoblariga yozdirib, jahon chempionatida jami 6 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. E’tiborlisi, musobaqa yakuni bo‘yicha erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladik.

Mazkur musobaqada qatnashgan qahramonlarimiz biroz avval Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan tantanali kutib olish marosimida Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi vakillari, shuningdek, OAV xodimlari va ko‘p sonli sport muxlislari ishtirok etishdi.

Tadbirda MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov ham qatnashib, sportchilarimizga o‘z tilaklarini bildirib o‘tdi.

“Siz olis Fiji mamlakatida haqiqiy matonat va qahramonlik namunasini ko‘rsatdingiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz. Umid qilamizki, Tokio Olimpiadasida ham ana shunday g‘alabalar bilan xalqimizni, sport muxlislarini va albatta, Prezidentimizni xursand qilishda davom etasizlar”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarimizning kelgusidagi faoliyatida ham ulkan zafarlar tilab qoladi.

Manba: Olympic
Kiritildi: 16:44, 11.06.2019.
O'qildi: 4859 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик