Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Lokomotiv» va «AF Sports Reactive» o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

«Lokomotiv» va «AF Sports Reactive» o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Baho:
+ | -

Har jabhada professionallik sari intilayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bundan buyon dunyoga mashhur bo‘lgan Germaniyaning «AF Sports Reactive» kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Bugun «Lokomotiv» stadioni matbuot anjumanlari zalida ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda «Lokomotiv» PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov, jamoa sardori Islom To‘xtaxo‘jayev, «AF Sports Reactive» kompaniyasi rahbari, yuridik fanlari nomzodi Farid Zakirov va shuningdek bir qator OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda har ikki tomon vakillari ham ushbu hamkorlikning o‘zaro manfaatli ekanini ta’kidlashdi.


«Lokomotiv» PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov «AF Sports Reactive» bilan hamkorlik «Lokomotiv» jamoasi o‘yinlari targ‘ibotini yanada kuchaytirish hamda klub brendini yanada kengroq yoyish imkonini berishini aytib o‘tdi. «AF Sports Reactive» kompaniyasi rahbari Farid Zakirov esa futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilayotganidan juda mamnun ekanini bildirdi.

Tadbir yakunida har ikki tomon o‘zaro hamkorlik xususida memorandum imzolashdi. Unga ko‘ra, endilikda «AF Sports Reactive» «Lokomotiv» bilan hamkorligi doirasida barcha toifadagi futbolchilarga horijdan jamoalar qidirish, ularning o‘rtasida vositachi bo‘lish, shuningdek, futbolchilarning huquqlarini yuridik tomondan himoya qilish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Qayd etish kerak, bu kompaniya jahonga mashhur bo‘lgan ko‘plab top-jamoalar bilan hamkorlik qiladi. Bu «Lokomotiv» klubining oldinga tashlagan qadami deb aytsak bo‘ladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:15, 17.06.2019.
O'qildi: 3194 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик