Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

O‘FA rahbariyati Qirg‘iziston futbol federasiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati Qirg‘iziston futbol federasiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Ravshan Ermatov Qirg‘iziston futbol federasiyasi mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv boshida Qirg‘iziston futbol federasiyasi vise-prezidenti Kanatbek Mamatov va Qirg‘iziston Premyer ligasi prezidenti Nurbek Atakanov Ravshan Ermatovni yangi lavozim bilan tabriklab, unga o‘zbek futboli rivoji yo‘lidagi ishlarida omad tiladi.

Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash, turli yoshdagi terma jamoalar va klublar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish, ayollar futboli va futzal yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi. 

Jumladan, Qirg‘iziston futbol federasiyasi ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Umid kubogi” musobaqasida O‘zbekiston jamoalari muntazam ravishda qatnashib kelayotganini ta’kidlab, bu an’ana bu yil ham saqlanib qolishiga umid bildirib o‘tdi.

Shuningdek, kun tartibidan o‘rin olgan masalalar qatorida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi doirasidagi hamkorlik, turli yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbolidagi yaqin aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.  
Manba: UFA
Kiritildi: 19:26, 18.06.2019.
O'qildi: 2405 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик