Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko»ning navbatdagi nishoni – Granit Jaka

«Atletiko»ning navbatdagi nishoni – Granit Jaka

Baho:
+ | -

“Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

AS  nashrining ma’lumotiga qaraganda, “matraschilar” shveysariyalik futbolchini katta ehtimol bilan “Atletiko”ni tark etishi kutilayotgan Rodrigoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Biroq ayni damda “Atletiko”ning asosiy maqsadi “Real” yarim himoyachisi Markos Lyorente. Bu transferni amalga oshirib bo‘lgandan so‘ng “Atletiko” bor e’tiborini Jakaga qaratmoqchi.

Ammo Jakani sotib olishda “Atletiko” bir qator muammolarga uchrashi mumkin. Chunki hozir Jaka “to‘pchilar” safida asosiy tarkib futbochlisi hisoblanadi.

Uning transferiga “Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emeri qarshi bo‘lishi mumkin. Qolaversa Jakaning amaldagi shartnomasi to‘rt yildan so‘ng tugaydi.

Manba: As
Kiritildi: 11:54, 20.06.2019.
O'qildi: 3216 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.