Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Prevyu. “Navbahor” – “Buxoro”

Prevyu. “Navbahor” – “Buxoro”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 12-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi  o‘z maydonida “Buxoro”ning “Buxoro”  jamoasini qabul qiladi.

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 54 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 54 ta bahsdan 30tasida jamoamiz g‘olib chiqqan bo‘lsa, 16ta uchrashuvda buxoroliklar g‘alaba qozonishgan, 8ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.

"Navbahor" shu kunga qadar o‘zaro o‘yinlarda 100ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 61 marta to‘p olib chiqqan. Mazkur jamoalarning o‘zaro bahslarida namanganliklar 98 ochkoni, “Buxoro” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritgan.

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Buxoroliklar esa 2009 yilgi mavsumda jamoamizni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Shu kungacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 27ta bahsning 20tasida mezbonlar, 4tasida mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. 
 
“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:45, 20.06.2019.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик