Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Dunyodagi eng yaxshi sport ofisining ochilishi, sport afsonalarining jamlanishi yoxud XOQning 125 yilligi katta tantana bilan o‘tdi

Dunyodagi eng yaxshi sport ofisining ochilishi, sport afsonalarining jamlanishi yoxud XOQning 125 yilligi katta tantana bilan o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Inson o‘zi yaratib, o‘zi lol qolgan kashfiyotlari bisyor. Asrlar osha do‘stlik, halollik, beg‘arazlik ruhini saqlab kelayotgan Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish g‘oyasi ham inson tafakkuri ijodiga mansubdir. Bundan roppa-rosa 125 yil avval baron Pyer de Kuberten boshchiligida Olimpiadani tiklash uchun eng katta qadam qo‘yildi, ya’ni 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ga asos solindi.

Butun dunyoda Olimpiya harakatini boshqarish hamda o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish maqsadida 1894 yil 23 iyunda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ta’sis etiladi. Uning tarkibiga datslab 12 davlatdan 14 vakil kiritiladi. Ayni paytga kelib, XOQga dunyoning 206 mamlakati a’zo. Shu jumladan, O‘zbekiston ham.

Ushbu kun har yili katta shodiyona bilan nishonlanadi. Jumladan, 2019 yilgi “Olimpiya kuni” uchun ham o‘zgacha tadbirlar rejalashtirilib, Lozannada bo‘lib o‘tgan mazkur dasturlarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etyapti. E’tiborlisi, bu yilgi “Olimpiya kuni” XOQ uchun yangi ofisning ochilishi bilan tarixda qoldi.

Foydalanishga topshirilgan yangi bino dunyodagi eng yirik 3 ta ekologik sertifikatni qo‘lga kiritgan. Bino atrofi, uning qurilishi uchun ishlatilgan materiallar, ofis ichidagi jihozlar noyob va ekologik jihatdan eng toza hom-ashyolardan tayyorlangan.

Bugun Lozannada (XOQ shtab-kvartirasi joylashgan shahar) bo‘lib o‘tgan bayramda XOQ prezidenti Tomas Bax va tashkilotning boshqa a’zolari, Shveysariya konfederasiyasi prezidenti Uli Maurer, barcha Milliy olimpiya qo‘mitalarining rahbariyati vakillari, 30 dan ortiq Olimpiada sovrindorlaridan iborat 700 dan ziyod mehmon ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etgan barcha sport yulduzlarining taassurotlari ulkan. Jumladan, bir necha oy avval yurtimizga tashrif buyurgan rossiyalik taniqli yengil atletikachi Yelena Isinbayeva, norvegiyalik biatlonchi Ule-Eyner Byorndalen kabi afsonalar ham o‘z xursandchiligini bildirib o‘tishdi.

Bayram dasturining asosiy qismida 2018 yilda o‘tkazilgan Pxyonchxandagi qishki va Buenos-Ayresdagi yozgi o‘smirlar Olimpiadasida erishilgan yutuqlar, Olimpizm harakatining targ‘iboti sarhisob qilinib, 2020 yili Lozannaning o‘zida bo‘lib o‘tadigan qishki o‘smirlar Olimpiadasi va Tokio mezbonligida o‘tadigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarliklar bo‘yicha taqdimotlar namoyish qilindi.

Bugungi kunga kelib, “Olimpiya kuni” dunyoda eng ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biriga aylangan. Har yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga a’zo 206 davlatda o‘tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab insonlar bevosita ishtirok etishmoqda. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi orasida sog‘lom turmush tarzini hamda olimpizm g‘oyalarini keng targ‘ib etish, katta-yu, kichik qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan mexrni yanada yuksaltirishdan iborat.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 27 yildirki Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tashabbusini qo‘llab – quvvatlagan xolda, mamlakatimizda “Olimpiya kuni”ni keng nishonlab kelyapti. An’anaga ko‘ra, mamlakatlar ushbu bayramni o‘zlari uchun qulay kunda nishonlarlari mumkin. Bu yilgi «Olimpiya kuni» O‘zbekistonda 6 iyul sanasiga belgilangan bo‘lib, bu kunni sportimiz tarixida ilk bor Umummilliy xalq sayli tarzida katta shodiyona bilan tashkil qilish rejalashtirilgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 22:21, 23.06.2019.
O'qildi: 2812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.