Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

MOQda sport federasiyalari va assosiasiyalarini xushyorlikka chaqiruvchi antidoping seminari o‘tkazildi

MOQda sport federasiyalari va assosiasiyalarini xushyorlikka chaqiruvchi antidoping seminari o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida “Sportda ta’qiqlangan preparatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy antidoping agentligi, MOQ qoshidagi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM), barcha federasiya va assosiasiyalar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastavval O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Nodirbek Tursunov so‘zga chiqib, Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning ayni paytdagi talablari, tashkilotning ta’qiqlangan preparatlar ro‘yxatida yuz berayotgan o‘zgarishlar xususida gapirib berdi. Shundan so‘ng RSTIAM rahbari Abdushukur Sodiqov mavzu yuzasidan tayyorlab kelgan taqdimotini namoyish qildi.

Zamonaviy sportda farmakologik vositalar yuqori natijalarga erishishning asosiy sababchisiga aylanib ulgurgan. Biroq ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalana olish esa har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Doping deganda, ko‘pchilik sportchiga qo‘shimcha kuch va energiya beruvchi vositani tushunadi. WADA bundan tashqari sportchilarning tez tiklanishiga, og‘riqni qoldirishga yordam beruvchi ko‘plab dori vositalarini ham doping qatoriga qo‘shgan. Bularning barchasi sportchining hayoti bilan hamnafas. Shunday ekan ta’qiqlangan preparatlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish o‘ta mas’uliyali vazifaga aylangan”, – dedi Abdushukur Sodiqov.

Seminarda so‘zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov sohaning yurtimizdagi rivoji borasida o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ochig‘ini aytsam, bu seminarda yanada ko‘proq ma’lumot olaman, ko‘proq tahlil eshitaman, deb o‘ylagan edim. Bu yerda o‘z sohasining haqiqiy mutaxassislari o‘tirishibdi. Sportchi tahlilining ijobiy chiqishi mamlakat imiji uchun ham salbiy ta’sir qiladi. Biz bu borada yanada ko‘proq izlanib, dopingdan saqlanishimiz kerak. Antidopingdagi yangiliklar bo‘yicha soatlab gapirsa bo‘ladi. Tan olishimiz kerak, bizning bu sohada katta bilimga ega mutaxassislarimiz kam. Sport doktorlarini xalqaro seminarlarga jo‘natib, ularning bilimini oshirish lozim. Afsuski, Tokio Olimpiadasigacha qolgan vaqt buning uchun qisqalik qiladi”, – dedi Oybek Kasimov.

Taqdimotda WADA tomonidan ta’qiqlangan preparatlarning so‘nggi yangilangan ro‘yxati ma’lum qilindi. Shuningdek, seminar davomida bir qator mutasaddi rahbarlar va murabbiylar so‘zga chiqib, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo‘lida farmakologik vositalardan to‘g‘ri foydalanish borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Manba: Olympic
Kiritildi: 20:24, 24.06.2019.
O'qildi: 2554 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик