Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Qo‘l jangi ustalari Urganchda kuch sinashdi

Qo‘l jangi ustalari Urganchda kuch sinashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 20-23 iyun kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha 14-15 va 16-17 yoshli o‘smirlar, 18 yoshdan katta bo‘lgan ayollar va professional sportchilar o‘rtasida respublika turniri bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federasiyasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod qatnashchi o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 14-15 yoshli sportchilar birinchiligida I.Nurmuhammedov (36 kilogramm vazn toifasida), M.Rahmonov (39 kg.), R.Mirzaolimov (55 kg.), I.Akromov(60kg.), D.Abdullayev (65 kg., barchasi Andijon viloyati), D.Abdurasulov (42 kg., M.Umarov sport klubi, Farg‘ona), N.Normuhammatov (46 kg.,Toshkent vil.), S.Hotamov (50 kg., Jizzax), Z.Saburov (70 kg., Qoraqalpog‘iston), A.Najmiddinov (75 kg., O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi), D.Abdullajonov (+75 kg., Sirdaryo) shohsupaning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

16-17 yoshli qo‘l jangi ustalaribellashuvlarida J.Abdusalomov (42 kg.,Farg‘ona), SH.Tangirov (46 kg.), B.G‘ulomov (50 kg., ikkalasi Sirdaryo), A.Rustamov (55 kg.), A.Rasulov (70 kg., ikkalasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi), S.Ishchanov (60 kg.), J.Niyozolimov (80 kg., ikkalasi Xorazm), A.O‘rinboyev (65 kg.), U.Rizayev (75 kg., Navoiy), SH.Muminov(-85,, Jizzax) zafar quchdi.

Shuningdek, 18 yoshdan katta bo‘lgan ayollar bahsida D.Karimova (45 kg., Navoiy), S.Rajabova (50 kg.), F.Allamurodova (70 kg., ikkalasi Sirdaryo), M.Quvondiqova (55 kg.), Z.Qipchoqova (+75 kg., ikkalasi Jizzax), S.Jaloliddinova (60 kg.,Andijon), M.Suyarova (65 kg., Samarqand), S.Ro‘zimatova (75 kg., Xorazm) birinchi o‘rinni egalladi

Professional qo‘l jangi sohiblari orasida esa R.Temirov (60kg., O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi), J.Saidnazarov (80 kg.), U.Madrimov (85 kg., ikkalasi Xorazm) turnir g‘olibiga aylanishdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Turnirning tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Fursatdan foydalanib, turnir qatnashchilari va mehmonlari bilan ham muxtasar suhbatlashdik.

Abdurashid RAHIMOV (musobaqa bosh hakami, Toshkent shahridan): – Tashkilotchilar turnirga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishganini ko‘ngildan his qildik. Jamoalarni kutib olish, joylashtirish va ovqatlantirish borasida muammoga duch kelinmadi. Musobaqamiz ham har jihatdan yuqori darajada tashkil etildi. Albatta, bu sportchilarimizga kuch va g‘ayrat bag‘ishladi, g‘alabaga bo‘lgan irodalarining to‘la namoyish etishdi. Bundan mamnunmiz, albatta. O‘z navbatida sportchilarimiz qadimiy Xiva shahriga ham tashrif buyurib, yurtimizning go‘zal tarixiy obidalari va asori-atiqalarini ham miriqib tomosha qilishdi. Bu ham o‘ziga xos quvonchli daqiqalarni tuhfa etdi.

Shakir MADAMINOV (Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i): - Joriy yilning o‘tgan davri viloyatimiz sporti tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. Binobarin, shu fursat ichida vohamizda ko‘plab xalqaro va respublikamiz miqyosida nufuzli musobaqalar tashkil etildi. Har biri o‘z mohiyati va ahamiyatiga ega. O‘tkazilayotgan bunday tadbirlar xalqimiz, xususan, yoshlarimizgaquvonchli va fayzli lahzalarni ulashmoqda.

Mirzaorif ORIFJONOV (musobaqa sovrindori, Farg‘ona viloyatidan): – Marg‘ilon shahrida yashayman. Qo‘l jangi sporti bilan shug‘ullana boshlaganimga uncha ko‘p bo‘lmadi. Shunga qaramay, viloyatimiz birinchiliklarida faxrli o‘rinlarni egallab kelyapman. Respublika musobaqasida esa ilk bor qatnashishim. Debyutimdan qoniqish hosil qildim. Vaholanki, tajribali raqiblarim orasida bronza medalini qo‘lga kiritish oson emas. Nasib qilsa, kelgusi janglarda birinchi o‘rin uchun kurashishni maqsad qildim.

Murodbek BEKCHANOV (muxlis, Urganch shahridagi SO‘YEAIBO‘SM metodisti): – Bir necha kun mobaynida mamlakatimizning eng sara qo‘l janggi ustalarining mahoratidan bahramand bo‘ldik, Ular bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelishganini isbotlashdi. E’tiborlisi, bu sportchilar nafaqat jismonan sog‘lom ruhda voyaga yetayotganini, vatanimizga sadoqatli inson sifatida kamol topayotganini namoyon etishdi. Buni ko‘rib xursand bo‘ldik.

Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport 

boshqarmasi Matbuot xizmati

Manba: minsport
Kiritildi: 08:44, 25.06.2019.
O'qildi: 2641 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.