Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Radzivil va Dusanova Fransiyadagi turnirda shohsupaga ko‘tarilishdi

Radzivil va Dusanova Fransiyadagi turnirda shohsupaga ko‘tarilishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Svetlana Radzivil Yevropa arenalaridagi zafarli yurishlarini davom ettirmoqda. Hamyurtimiz bu gal Fransiyanining Monjeron shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda zafar quchdi.

“Pyer de Kuberten” stadionida kechgan musobaqada sportchimizning qayd etgan natijasi 1.91 metrni tashkil etdi. Musobaqada boshqa bir hamyurtimiz Nadiya Dusanova ham ishtirok etib, 1.89 metr natija qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Dusanova kuni kecha Polshadagi musobaqada g‘olib bo‘lish uchun 1.86 metr kifoya qilgan edi.

Ta’kidlash joiz, Tokio Olimpiadasining normativi ushbu yo‘nalishda 1.96 metrga teng. Ko‘rinib turibdiki, hamyurtlarimiz tobora yuqori sport formasiga kirib borishmoqda. Musobaqada kumush medal estoniyalik Grete Udrasga nasib etdi. Udras ham 1.89 metr ko‘rsatkich qayd etgan. Biroq bu balandlik uchun Dusanovadan kamroq urinish sarflagani uchun ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasi uchun harakat qilayotgan har ikki sporchtimizga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:48, 26.06.2019.
O'qildi: 2052 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик