Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ikrom Aliboyev: «Server Jeparov singari «Seul» bilan Koreya chempioni bo‘lmoqchiman»

Ikrom Aliboyev: «Server Jeparov singari «Seul» bilan Koreya chempioni bo‘lmoqchiman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev 2019 yil avvalida “Lokomotiv”dan Janubiy Koreyaning “Seul” klubi safiga borib qo‘shildi.

Ayni paytga kelib mahoratli futbolchi koreys klubi tarkibida 15 ta bahsda maydonga tushib, 2 bora raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga ham muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, jamoadoshlarini 3 marta golli uzatma bilan ta’minlab,

25 yoshli futbolchi “Seul” klubidagi faoliyati qanday ketayotgani xususida O‘FA matbuot xizmatiga gapirib berdi:

- “Seul” jamoasidagi ishlarim a’lo darajada ketmoqda, desam ham bo‘ladi. Jamoa murabbiyi doim ishonch bildirmoqda. Qolaversa, jamoamiz yuqori o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.

O‘zbek va koreys futbolini solishtirsam, bu yerda futbol ancha tezroq. Shu boisdan ilk uchrashuvlarda tempga kirishib ketish oson bo‘lgani yo‘q. Lekin jamoadoshlarim hamda muxlislar hamisha qo‘llab-quvvatlab turishdi va ayni paytga kelib Koreya K-ligasiga ancha moslashdim, deya olaman.

"Seul" FK o‘z oldiga faqat va faqat oliy maqsadlarni qo‘yadi. Shu bois men ham xuddi Server Jeparov singari ushbu jamoa bilan Koreya chempioni bo‘lish istagidaman, - dedi futbolchi.

Ta’kidlash joiz, hamyurtimiz Server Jeparov ham 2010-2011 yillarda “Seul” klubi sharafini himoya qilgan va mazkur klub safida Janubiy Koreya chempioniga aylangan.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:18, 26.06.2019.
O'qildi: 3834 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик