Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Dinamo» - «Bunyodkor» o‘yini afishalari tayyor

«Dinamo» - «Bunyodkor» o‘yini afishalari tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Dinamo” stadionida nafaqat Samarqand shahri, balki viloyatimiz tumanlaridan ham keladigan muxlislar sonini yanada oshirish maqsadida may oyidan “Eng faol targ‘ibotchi muxlis” tanlovini boshlagan edik.

Ushbu tanlov shartlariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan muxlislar “Dinamo” stadionidan 3 donadan bepul afishalar olib, o‘z tumanlari markazlarida uchrashuv afishasini ilib, futbolga targ‘ibotni boshladiganlar. Xususan, jonkuyar va fidoiy muxlislar say’-harakati bilan uzoq tuman va shaharlarimiz markazlari, gavjum bozorlari peshtaxtasida “Dinamo” uchrashuvi afishalari ilinmoqda.

“Eng faol targ‘ibotchi muxlis” tanlovi ishtirokchilari bugundan boshlab, «Dinamo» stadioni asosiy kirish qismi oldiga kelib, 28 iyun, juma kuni o‘tadigan “Dinamo” – “Bunyodkor” uchrashuvi afishalarini bepul olib, o‘z tumanlari markazlariga ilishlari mumkin. Sevimli «Dinamo» o‘yinlari afishasini o‘z tumaningiz markaziga ilib, tumandoshlaringizni futbolga chorlab, targ‘ib qiling!

Tanlovdagi barcha ishtirokchi muxlislarning ishlari “Dinamo” matbuot xizmati tomonidan sarhisob qilib borilmoqda. “Eng faol targ‘ibotchi muxlis” tanlovi boshida e’lon qilinganidek, uch nafar eng faol targ‘ibotchi muxlis, g‘olib sifatida 1-davraning so‘nggi uchrashuvi, 28 iyun kungi 13-turdagi “Dinamo” – “Bunyodkor” o‘yinida esdalik sovg‘a bilan taqdirlanadi.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Kiritildi: 13:45, 26.06.2019.
O'qildi: 2788 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик