Kirish Ro'yxatdan o'tish

Poytaxtimizda velotrek bo‘yicha Respublika ochiq chempionati start oldi

Poytaxtimizda velotrek bo‘yicha Respublika ochiq chempionati start oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkent shahridagi velotrek majmuasida sportning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha Respublika ochiq chempionati start oldi. Reglamentga ko‘ra, mazkur musobaqa erkaklar va ayollar, shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Turnir orqali murabbiylar shtabi terma jamoa uchun nomzod sportchilarni yana bir karra saralab olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. 28 iyun kuni nihoyasiga yetadigan turnirda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 100 dan ziyod sportchilar bahs olib borishmoqda.

Ta’kidlash joiz, ushbu chempionat yakuniga yetgach terma jamoamiz vakillari Farg‘ona viloyatiga yo‘l olishadi. Sportchilarimiz u yerda 5 iyuldan 25 iyulgacha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tab qaytadilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:26, 27.06.2019.
O'qildi: 3505 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик