Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz. Kuning eng muhim transfer  yangiliklari bilan tanishing.

«Napoli» «Real Madrid»ni xafa qildi

«Qirollik klubi»ning e’tibor markazida turgan Fabian Ruizning transferi amlaga oshmaydigan ko‘rinadi. Sababi, «Napoli» klubi o‘z futbolchisini sotishdan bosh tortdi va unga 2024 yilga qadar  yangi shartnoma taklif qildi.
Hozircha futbolchi «Napoli» klubi taklif qilgan shartnomaga qo‘l qo‘yganicha yo‘q. Shunday bo‘lsada, Italiya klubi uni o‘z tarkibida olib qolish maqsadida maoshini ko‘tarib berishga tayyor ekanligni e’lon qildi.

De Ligt «PSJ»ga o‘tmaydigan ko‘rinadi

Parij klubi gollandiyalik himoyachi bilan shartnoma tuzmaydigan ko‘rinadi. Gap shundaki, De Ligt va uning agenti shartnomada tavon puli ko‘rsatilmasligini talab qilmoqda. Parij klubi esa, futbolchining tavon puli 150 milliondan kam bo‘lmasligini shart qilib qo‘ydi. Hozirda Mino Rayola va uning komandasi aynan shu borada muzokaralar o‘tkazmoqda.
Bunday chigal vaziyatdan Italiyaning «Yuventus» klubi yutib ketishi mumkin. Sababi, shaxsan Anellining o‘zi Rayola bilan aloqaga chiqqan va gollandiyalik futbolchini «Yuve»da kutishayotganini bildirgan. Bundan tashqari, «keksa seniora» De Ligtning hamma shartlariga rozi ekanligini bildirib o‘tdi.

«Arsenal» o‘z nishonini o‘zgartirdi

Transfer oynasi ochilishi arafasida Londonning «Arsenal» klubi belgiyalik Yannik Ferera Karasko va  bilan shartnoma imzolashga urunib ko‘rgan, biroq foyda chiqara olmagan edi. Endilikda «to‘pchilar» bor e’tiborlarini «Monako» yarim himoyachisi Balde Keytaga qaratadi.
Yakunlangan mavsumni «Inter» safida ijarada o‘tkazgan senegallik 24 yoshlik futbolchi 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Bundan tashqari uning hisobida 4 ta assist mavjud.

Nzonzi Fransiyaga qaytishi mumkin

Rimning «Roma» klubi yarim himoyachisi Stiven Nzonzi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etadi – deb xabar bermoqda «Le Gazzeta della sport» nashri. 30 yoshlik fransiyalik futbolchi «Lion» klubi bilan kelishuvga erishdi. Fransiya klubi Nzonzi uchun «Roma»ga 20 million yevro taklif qiladi. Katta ehtimol bilan bu transfer shu kunlarda amalga oshadi. Gap shundaki, Nzonzi «Roma» klubi mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ydi.

Maguayer «Manchester Yunayted» uchun qimmatlik qiladi

«Lester» jamoasi Maguayerning transfer narxini e’lon qildi. Unga ko‘ra «tulkilar» futbolchi uchun 90 million funt va bonuslar tariqasida yana 10 million qo‘lga kiritishmoqchi.
Ushbu rasmiy bayonotdan so‘ng, «Manchester Yunayted» rasman futbolchi uchun kurashdan chiqqanini e’lon qildi. “«Qizil iblislar» himoyachi uchun 100 limon beradigan darajada ahmoq klub emas”,- deya izoh qoldirgan jamoaning rasmiy sayti.
Endilikda futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Manchester Siti» urunib ko‘radi. Xarri Maguayer uchun kurashda ulardan boshqa hech kim qolmagan bo‘lsada, «Man SIti» transfer summasini sezilarli pasaytirishdan umid qilmoqda. Arab sheyxlarida pul bilan muommo bo‘lmasada, o‘rtamiyona futbolchi uchun 100 million bu juda ko‘p!

«Manchester Siti» Silvaning o‘rinbosarini topti

"Marca" nashrining xabar berishicha, Gvardiola o‘z klubida so‘nggi mavusmini o‘tkazishi kutilayotgan David Silvaning o‘rniga boshqa futbolchini xarid qiladi.
Ispaniyalik mutaxassis  Silvaning o‘rnini «Real Madrid» klubi yarim himoyachisi Isko orqali to‘ldirmqochi. Iskoning transferi katta ehtimol bilan qishki transfer oynasi ochilishi bilan amalga oshadi. «Real Madrid» o‘z yarim himoyachisi uchun 80 million yevrodan kamiga rozi bo‘lmasligini e’lon qildi. «Shaxarliklar»  mutasaddilari Isko bilan bir necha bor uchrashib gaplashib olishga ham ulgurdi. Bu transfer deyarli xal bo‘ldi degani!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 10:42, 28.06.2019.
O'qildi: 15773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.