Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rasman: Marko Stanoyevich "Dinamo"ga qaytdi

Rasman: Marko Stanoyevich "Dinamo"ga qaytdi

Baho:
+ | -

"Dinamo" PFK 2026-yilgi mavsumning ikkinchi yarmi oldidan tarkibni kuchaytirish va seleksiya jarayonini boshlab yubordi.

Klub o‘tgan yarim yillik yakunlaridan kelib chiqib, tarkibni yangilash jarayonini davom ettirmoqda. 2025 yilgi mavsumda "Dinamo" sharafini himoya qilib, qisqa vaqt ichida samarqandlik futbol muxlislarining mehrini qozonishga ulgurgan yarim himoyachi Marko Stanoyevich jamoa safiga qaytdi.

Serbiyalik 37 yoshli tajribali yarim himoyachi o‘z vatanidagi yarim yillik faoliyatidan so‘ng, yana "Dinamo" bilan shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, u 2026-yil yakuniga qadar Samarqand klubi sharafini himoya qiladi.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Marko Stanoyevich o‘zining ajoyib o‘yinlari hamda katta maydondagi tajribasi bilan "Dinamo"ning chempionat ikkinchi davrasidagi g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.

Manba: "Динамо" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:27, 13.06.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик