Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Pogbaning kumiri kim?

Pogbaning kumiri kim?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi sanaladigan Pol Pogba «Daily Maily» nashriga ajoyib intervyu berdi. Noodatiy tarzda kechgan suhbatda muxlislarni qiziqtirgan bir nechta savollarga javob berildi. Bu intervyuni saytimiz mushtariylariga ilindik.

Sening o‘yin uslubing mag‘lubiyatga uchrayotganingizda kamdan-kam hollarda qo‘l keladi. Bu borada fikring qanday?

-  To‘g‘risi, men markazda istalgan pozisiyada harakat qila olaman. Shunchaki, mendan himoyaga ko‘proq yordam berishimni istashgani uchungina xujumlarga kamroq qo‘shilaman. Pozisiyam borasida biron nima deya olmayman. Sababi, u menga bog‘liq bo‘lmagan jihatlardan biri.

O‘z imidjingni tez-tez o‘zgartirib turasan. Bu atrofdagi insonlarda noto‘gri fikr uyg‘otishidan qo‘rqmaysanmi?

   -  Biz doimo bir tempda futbol o‘ynay olmaymiz. Mening ko‘rinishim ham namoyish etayotgan futbolim singari o‘zgarib turadi. Ko‘pincha ajoyib o‘yin o‘tkazganimdan so‘ng o‘z soch turmagimni o‘zgartirgim kelib qoladi. Bu mening yoqtirgan mashg‘ulotlarimdan biri.

O‘zing uchun sen haqingda atrofdagilarning fikri qay darajada muhim?

-  Men «Manchester Yunayted»ga kelganimda jurnalistlardan birining maqolasini o‘qib qolgan edim. Unda yozilishicha, pul sababli bu klubni tanlagan ekanman, hademay o‘yinimda pasayish kuzatilar ekan, va hokazo. To‘g‘risi, biroz ranjib qolgan edim. So‘ng bunday so‘zlarga ko‘nikib qoldim. Muxlislarimdan yashirib o‘tirimayman. Men yoshligimdagi Polni o‘z harakterimda to‘liq saqlab qolganman. Bu haqida mening yaqinlarimdan so‘rashingiz mumkin. Men o‘sha 6 yoshlik Polman. Faqat bo‘yim o‘sgan va kattaroq ko‘rinyapman, xolos. Aslida, o‘sha-o‘sha Polman!

Endi blits savollarga o‘tamiz. Uzoq o‘ylamasdan javob berishing shart!
Yoshligingdagi sen yoqtirgan futbolchi?

-  Futbol tez o‘zgarmoqda. Shunday bo‘lsada, Braziliyalik Ronalda

Sen maydonda to‘qnash kelgan eng noqulay raqib kim?

-  (o‘ylanib) Ngolo Kante

Sen birga o‘ynagan eng kuchli futbolchi kim?

-  (o‘ylanib) Hm bu juda qiyin savol. Sababi, men juda ko‘p kuchli futbolchilar bilan birga to‘p surganman. Keling, yaxshisi 2 ta o‘yinchini aytaman. Biri Andrea Pirlo bo‘lsa, ikkinchisi Pol Skoulz

Sen yoqtirgan 3 ta taomning nomini ayt?

-  Birinchisi Chep deb nomlanadi. Bu guruchdan tayyorlaniladigan taom bo‘lib, uni Senegallik xolam ajoyib tayyorlaydilar. Keyingisi Blondin. Uni onam maromiga yetkazib tayyorlaydilar. Oxirgisi Vagiu. Mol go‘shtidan tayyorlaniladigan yaponcha taom.

Agarda umringni oxiriga qadar faqat bitta mashinangdan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, sen qaysi rusmdagi ulovni afzal ko‘rasan?

    -  Unday bo‘lsa, bu mashina katta bo‘lishi kerak. Sababi, men farzandlarim ko‘p bo‘lishini istayman. Asosiysi, uning ichiga bolalarimning hammasi sig‘ishi shart. Men kattaroq «JEEP» rusumidagi mashinalardan birini tanlayman.

Sen boshqa bir sport bilan ham professional darajaga chiqa olarmiding? Maslan qaysi sport turida?    

     -  Basketbol

Sen yoqtirgan soch turmagi qaysi? Sen aynan shu soch turmagidan jon deb foydalangan bo‘larmiding?

-  Menimcha sochimni sariqqa bo‘yagan paytim. Bu «Manchester Yunayted» klubiga endi kelgan davrlarim edi adashmasam.

Sen telefoning orqali eng ko‘p foydalanadigan ilova qaysi?

-  Avvalari Instagram edi. Endilikda "Whats APP"dan ko‘p foydalanayapman.

Fransiyadagi davrlardan nimani sog‘inasan?

-  Oilamni va do‘stlarimni

Eng yoqtirgan film yoki serialing qaysi?

-  «Taxtlar jangi» seriali. To‘g‘risi, men bu kartinaning «jinnisiman». Afsuski, bu yaxshi emas. Sababi, muhim uchrashuvlardan oldin to‘yib uxlashing zarur. Fursatdan foydanalib serialning rejjesiyoriga murojaat qilmoqchiman: Janob sizning serialingiz sababli har kuni kech uxlashimga to‘g‘ri kelmoqda. Mendan tashqari yana ko‘plab futbolchilar bu serialning shaydolari sanaladi.

So‘nggi savol. Agarda futbolchi bo‘lmaganingda qanday kasbni tanlar eding?

-   O‘ylashimcha, dunyoni qutqargan bo‘lar edim. Juda bo‘lmasa, insonlarni qutqarib qolish bilan shug‘ullanishga urunib ko‘rardim. Masalan o‘t uchuruvchi libosida yonib turgan uyga chopib ketyapman… Ta’sirli ko‘rinsa kerak.Umuman olganda insonlarning hayotini yaxshilash bilan shug‘ullanar edim…

Y . U

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 23:51, 29.06.2019.
O'qildi: 11821 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.