Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Samvel Babayan: «Debyut o‘yin doim qiyin o‘tgan»

Samvel Babayan: «Debyut o‘yin doim qiyin o‘tgan»

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turi doirasida “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Debyut o‘yin doim qiyin o‘tgan. O‘tgan bir hafta davomida o‘yinga tayyorlandik. “Lokomotiv”ning barcha muxlislarini, klubda xizmat qilayotgan barchani g‘alaba tabriklayman. Bugun yaxshi o‘yini bilan professionalligini ko‘rsatgan, o‘yindan oldin kelishib olganlarimizni bajargan futbolchilarga, umuman ushbu g‘alabaning tizimida ishtirok etgan barchaga rahmat aytaman.

– Tanaffusda “Lokomotiv” qanchalik darajada o‘zgaradi?

– Bu yerda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ammo tarkibda raqobat kerak. Futbolchilarning katta qismi termada o‘ynaydi. O‘yinga kelsak, bugun ham biz bir necha sifatlarni o‘zgartira olganimizni ko‘rdik.

– Futbolchilar bilan nimalarni kelishib olgandingiz? Ular sizga qanday va’da berishgandi?

– Bugun biroz xavo halaqit qildi. Biz to‘pni ushlab turishimiz kerak edi. Agarda yana bir bor

gol kiritganimizda o‘yin osonroq ketardi. 88-daqiqaga kelib, raqib ochildi va biz ham hujumlarni kuchaytirdik. Ishlashda davom etamiz.

Jamshid Iskanderov: – O‘yin qiyin bo‘ldi. Havoning biroz issiqligi o‘yinga ta’sir qildi. Yangi bosh murabbiy bilan birinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. Samvel Babayanning talablariga ko‘nikib olishimiz uchun vaqt kerak. Qo‘limizdan kelgancha oxirigacha kurashib, g‘alabaga erishdik.

– Siz bugun vingerlik pozisiyasida o‘ynadingiz. Bu sizga noqulaylik tug‘dirmaydimi? Chunki siz asosan markazda o‘ynardingiz.

– “Paxtakor”da 2013-yilda vinger bo‘lganman. Bu men uchun yangilik emas. O‘ng qanotda ham o‘rtada ham o‘ynay olaman. Bu pozisiyalarda o‘zimni yaxshi his qilaman. Bosh murabbiy meni qaysi nuqtaga qo‘ygan taqdirda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:22, 30.06.2019.
O'qildi: 9503 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик