"Inter" matbuot xizmati yarim himoyachi Valentino Lazaroning transferini e’lon qildi.
Milanliklar futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzoladi va Lazaro yiliga 1,5 mln yevro maosh oladi. "Inter" Lazaro uchun "Gerta"ga 22 mln yevro to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Napoli" Lazaroning xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.