Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Asror Aliqulov: «Maydon markazidagi xatolar evaziga mag‘lubiyatga uchradik»

Asror Aliqulov: «Maydon markazidagi xatolar evaziga mag‘lubiyatga uchradik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Liga kubogi 2-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mash’al” (2:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Mash’al” bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

"So‘zim avvalida jamoamizga qulay sharoitlarni yaratib, bizni munosib tarzda kutib olgan “Navbahor” klubi rahbariyati va xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, Superliga va Pro-liga jamoalari o‘rtasida katta  farq bor. Shu bois, mazkur bahsda qarshi hujumga tayangan holda o‘yin tashkil etishni rejalashtirgandik. Qandaydir ma’noda o‘z niyatimizga erishdik. Ammo maydon markazidagi xatolar evaziga o‘z darvozamizdan 2ta to‘p o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradik. Shunday bo‘lsa-da, shogirdlarim Superliganing yetakchi klubidan biriga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi va bundan xursandman. “Navbahor”ni esa bugungi g‘alaba bilan tabriklayman", — dedi Aliqulov.

Manba: voha.uz
Kiritildi: 09:48, 03.07.2019.
O'qildi: 1875 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик