Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Temur Kapadze: «O‘zbek futboli rivoji yo‘lida xizmat qilishda davom etaman»

Temur Kapadze: «O‘zbek futboli rivoji yo‘lida xizmat qilishda davom etaman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Toshkentda O‘FAning murabbiylikka tayyorlov bo‘yicha to‘rt kunlik o‘quv-kurslari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur kurslarni ilk marta yaqin o‘tmishning nomdor futbolchilaridan biri Temur Kapadze olib bormoqda.

Temur Kapadze O‘FA rasmiy saytiga O‘FA instruktori sifatidagi ilk ish tajribasi hamda kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Birinchi navbatda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati hamda trenerlar ta’limi departamentiga menga o‘zimni instruktor sifatida sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Rostini aytsam, futbolchilik faoliyatimni tugatganimga va murabbiy sifatida ish boshlaganimga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shu sababdan yaqin vaqt ichida instruktorlik qilaman, deb o‘ylamagan edim. Lekin menga ishonch bildirishdi va shuning uchun ham bu yo‘nalishda o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim.

Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan kurslar men uchun instruktor sifatida dastlabkisi. Lekin ilgari bir nechta xalqaro o‘quv kurslarida tinglovchi bo‘lganman, qolaversa instruktor yordamchisi sifatida ham ishlashga ulgurganman.

Bu mening faoliyatimdagi yangi davr desam ham bo‘ladi. Zero instruktor sifatida ishlash orqali o‘z ustimda yanada ko‘proq izlanishimga to‘g‘ri keladi, shuningdek, bu boradagi bilimlarimni yanada rivojlantiraman. Har bir kursga yaxshi tayyorlanish lozim bo‘ladi va bu jarayonda yanada ko‘proq o‘qish, yangi mavzularni o‘rganish va ushbu sohadagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borishim zarur bo‘ladi. Hozirda menga ushbu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Shamil Iseev ancha yordam beryapti. Aytishadi-ku, beshikdan to qabrgacha ilm izla, deb. Hozirgi zamonda har bir soha mutaxassisi o‘z ustida tinmay ishlashi va izlanishi davr talabi sanaladi.

Bevosita kurslarga to‘xtaladigan bo‘lsam, menimcha, O‘FA trenerlik ta’limi va ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti. Bu borada tayyorlov kurslarining ahamiyati ham ancha yuqori. Chunki aynan ushbu o‘quv-kurslari orqali keyinchalik “C” sertifikati bo‘yicha tahsil olishga nomzodlar aniqlab olinadi. To‘rt kunlik o‘quv-kurslari davomida murabbiylik faoliyati bo‘yicha dastlabki bilimlar beriladi. Keyin esa yosh futbolchilarga saboq beruvchi murabbiylar saralab olinadi.  Ushbu mutaxassislarning yaxshi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi bevosita futbolimiz kelajagiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 



Instruktorlik faoliyatidagi asosiy murakkablik – bu vaqt bilan bog‘liq masala. Aytib o‘tganimdek, kurslarga jiddiy tayyorgarlik olib borish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa vaqt zarur bo‘ladi. Bilasiz, men murabbiy sifatida ham faoliyat olib boraman. Ayni paytga kelib birinchi davra yakuniga yetib ulgurdi, qolaversa bu galgi kurslar 4 kun davom etadi. Keyingi kurslarning vaqtini ham qulay bo‘ladigan paytga belgilab olamiz.

Hozircha instruktorlik faoliyatidagi kelajak rejalarim haqida gapirishga biroz erta. Lekin shuni ta’kidlay olamanki, hamisha o‘zbek futboli rivoji yo‘lida xizmat qilishda va bunda o‘z munosib hissamni qo‘shishda davom etaman.  

Manba: UFA
Kiritildi: 17:35, 04.07.2019.
O'qildi: 9364 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.