"Shalke" darvozaboni Ralf Fermann faoliyatini APLda davom ettiradi.
30 yoshli nemis darvozaboni "Norvich"ga ko‘chib o‘tdi, bu haqda ingliz klubining rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbolchi jamoa bilan 1 yillik ijara shartnomasini imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda futbolchi "Shalke" safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol o‘tkazib yuborgan.