Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Usbu rukndagi eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«PSJ»ga darvozabon kerak

Parij klubi Buffon ketgach, saviyali darvozabon izlashda davom etmoqda. Bundan avvalgi sonlarimizda klub «Milan» darvozaboni Donnaruma bilan muzokaralar boshlangani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, «Milan» o‘z darvozaboni uchun juda katta summa so‘ramoqda va futbolchining o‘zi ham o‘zi uchun qulay shartnoma tarafdori. «PSJ» bunday katta xarajatlardan qochish maqsadida, «Real Madrid»da hech kim qadrlamagan 32 yoshlik Keylor Navasni harid qilmoqchi.
Keylor Navas uchun Parij klubi «Real Madrid»ga 17 million yevro taklif qilish niyatida. Agarda bu transfer amalga oshsa, «PSJ» kattagina pulni tejab qolishga muvaffaq bo‘ladi.

Konte Matichni qo‘lga kiritmochi!

«Milan»ning «Inter» klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi sanaladigan Nemaniya Matich borasida klubiga taklif jo‘natdi.
Unga ko‘ra «Inter» Naingollan va 10 million yevro evaziga serbiyalik futbolchini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
«Qizil iblislar» o‘z futbolchisini jamoada olib qolishni istashmoqda. Shunday bo‘lsada, agarda transfer summasi kattalashadigan bo‘lsa, bu masalani chuqurroq o‘ylab ko‘rishga ham tayyor ekanligini ham yashirib o‘tirmayapti.

Samir Nasri Belgiya klubiga o‘tdi

O‘zining «Arsenal» va «Manchester Siti» klublaridagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislarning e’tiborini qozongan futbolchi yangi mavsumni «Anderlext» klubida o‘tkazadigan bo‘ldi.
«Vest Hem» safidagi omadsiz mavsumdan so‘ng futbolchi o‘z do‘sti Vinsent Kompaniyning maslahati bilan aynan shu jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Tomonlar bir mavsumga mo‘ljallangan shartnomaga imzo qo‘yishdi.

Pogba ketadimi?

Fransiyalik futbolchining agenti sanaladigan Mina Rayola o‘z mijozi klubda qolmasligi aniq ekanligini e’lon qildi. U jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda ushbu mavzuga to‘xtalib o‘tdi va bu xolatga shunday izoh berdi:
«Manchester Yunayted» klubida faoliyat olib borayotganlarning hammasi yaxshi bilib turibdi. Polning jamoada qolish istagi yo‘q ekanligi kundek ravshan. Uni to‘g‘ri tushunmoq zarur. Pogba bir joyda qotib qolishni xush ko‘rmaydigan yigitlardan. Hayot yo‘li juda qiziq va mashaqqatli. Uning keyingi manzili borasida tinimsiz ish olib boryapmiz. Klubda qolish borasida o‘ylayotganimiz ham yo‘q!
Hozirda Pogba uchun «Real Madrid» va «Yuventus» o‘rtasida kurash bormoqda.

«Yuventus» Lukakuni ilib ketishi mumkin

Italiyada transfer bozori qaynomoqda. Gap shundaki «Yuventus» klubi yangi mavsumga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rayotgan «Inter»ning  imkoniyatlarini pasaytirib yuborish maqsadida Milan shaxri klubi transferlariga aralashmoqda. Kecha «Inter» jamoasi tomonidan xarid qilinishi kutilayotgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Lukaku borasida angliya klubiga taklif jo‘natdi. Klubning bunday ish tutishidan asosiy maqsad «Inter»ning birdan kuchga to‘lishiga qarshilik deb baholanmoqda. Moliyaviy jihat borasida Italiyada hech qaysi klub «Yuventus»ning oldiga tushaolmasligini inobatga olsak, «keksa seniora»ning bunday yo‘l tutishi tabiiy xol.

«Nyukasl» o‘z yulduzini 50 limonga baholadi!

«Manchester Yunayted» jamoasi transfer oynasi ochilgan kundan beri «Nyukasl» klubi bilan Shon Lonsaff borasida muzokaralar o‘tkazib kelmoqda. Iqtidorli yarim himoyachi uchun klub avvaliga 25 million taklif qilgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay bu summa 35 millionga chiqdi.
Bugun «Nyukasl» futbolchining kelajagi borasida yakuniy qarorni e’lon qildi. Unga ko‘ra, agarda «qizil iblislar» futbolchini qo‘lga kiritishni istasa, 50 million funtning bahridan o‘tishlari zarur. Aks xolda bu transfer amalga oshmay qoladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:05, 06.07.2019.
O'qildi: 13256 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.