Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Finalda kim g‘olib chiqadi? Murabbiylar javob berishdi

Finalda kim g‘olib chiqadi? Murabbiylar javob berishdi

Baho:
+ | -

Tez orada boshanishi kutilayotgan «Kopa Amerika» musobaqasining final uchrashuvida Braziliya va Peru terma jamoalari to‘qnash kelishidan xabaringiz bor. Bugun ushbu uchrashuvda kim g‘olib bo‘ladi degan savolga javob izlash maqsadida Fut Bazza nashri futbol murabbiylaridan bir nechtasiga savol bilan murojaat qildi. Ularning qiziq javoblarini sizlar uchun tarjima qildik.

Joze Mourinyo

Bu uchrashuvni ko‘rishning xojati yo‘qdek tuyulmoqda. Braziliya xali o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqanicha yo‘q va bu xolat finalda ham davom etsa, ajab emas. Agarda final uchrashuviga Argentina yoki Urugvay chiqqanda bormi?! Bu yilning eng tomosha bop uchrashuviga aylanar edi. Peru termasida bu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun yagona omil sifatida omadni ko‘rsata olman. Agarda Omad kulib boqsa, biror nimaga umid qilsa, bo‘ladi. Amaliy jihatdan esa, uchrashuvda kim g‘olib chiqishi allaqachon xal bo‘lib ulgurgan.

Visente del Boske

Braziliya kuchli terma jamoa bo‘lsada, asosan hissiyotga suyangan xolda maydonda harakat qiladi. Agarda ular sizning darvozangizga tezkor gol kiritishni uddalashsa, ularni to‘xtatib qolish juda mushkul vazifaga aylanib qoladi, biroq bunday bo‘lmasa, ular asabiylashishni boshlashadi. Bu esa, o‘yin sifatining keskin tushib ketishiga olib keladi. Final uchrashuvining uyda bo‘layotgani ham ularga pand berib qo‘yishi mumkin. Sababi, his-hayajonga boy yigitlar liq to‘la stadionda birinchi bo‘limda go‘l kirita olmasa, bu ular uchun fojea bilan yakunlanishi hech gap emas. Peru termasi o‘yin oldidan hamma narsaga tayyor bo‘lishi va zahira rejasi bilan maydonga tushishi shart!

Tomas Tuxel

«Kopa Amerika» musobaqasini kuzatib boryapman. To‘g‘risi, hakamlikni inobatga olmsak, hammasi ko‘tarinki ruhda o‘z yakuniga yetadigandek his uyg‘otmoqda. Mezbonlarning final uchrashuvida katta ustunlikka ega ekanligini tan olish lozim. Braziliya Neymarsiz ham bu musobaqada ajoyib ishtirok etdi. Ularda jamoaviy o‘yin yo‘lga qo‘yilgani shundoq ko‘rinib turibdi. Shunday bo‘lsada, Chili termasini yengib finalga yo‘l olgan Peruni bir chetga surib tashlash ham insofdan emas. Bu uchashuv o‘z nomi bilan final! U finalga xos o‘tishi va g‘olib nomi so‘nggi daqiqalarga qadar noma’um bo‘lishi shart! Aks xolda, bu musobaqa o‘zining ahamiyatini yo‘qotib qo‘yadi.

Pochetinyo

Men Argentina va Braziliya o‘rtasidagi finalni kutgan edim. Afsuski, voqealar rivoji biroz boshqacharoq tus oldi. Shunday bo‘lsada, Argentina termasi yigitlari finalga chiqish uchun urunib ko‘rishdi va bor kuchlarini maydonda sarf etishdi. Ularga bu uchun rahmat aytishimiz kerak. Finalga keladigan bo‘lsak, imkoniyatlar 70 : 30 deb taxmin qilyapman. Tan olishim lozim, taxminlarim har doim ham o‘zini oqlayvermaydi!

Oskar Tabarez

Bu final va finallarda doimmo imkoniyat ikki jamoada ham teng bo‘ladi. Gap shundaki, finalda kim kamroq xato qilsa, aynan o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi. Xal qiluvchi uchrashuvlarda ilk bor ishtirok etayotgan terma jamoaga biroz qiyinroq bo‘lsa, ajab emas. Ular bugungi uchrashuv oldidan katta bosim ostida qolib ketishadi. Bir tomondan mehmonda to‘p surishsa, ikkinchi tomondan anchagina nomdor raqib ularni kutib turibdi. Nima bo‘lgan taqdirdda ham, bu futbol va unda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 23:11, 07.07.2019.
O'qildi: 5626 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.