Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Bahodir Ahmedov: Osiyo chempionati saralash bahslariga puxta tayyorgarlik olib bormoqchimiz

Bahodir Ahmedov: Osiyo chempionati saralash bahslariga puxta tayyorgarlik olib bormoqchimiz

Baho:
+ | -

Joriy yilning oktyabr oyida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur bahslarga hozirlik jarayonini boshlagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov O‘FA rasmiy saytiga yig‘in, saralash bahslariga rejalar, shuningdek terma jamoaga yangi jalb etilgan yosh futbolchilar haqida gapirib berdi.

- Kelasi yili futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Oktyabrda esa Osiyo chempionati-2020ga saralash bahslari o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bahslariga tayyorgarlikni boshladi. 1 iyuldan boshlab ilk yig‘inga kirishdik. Yig‘inga aslida ko‘proq futbolchi jalb etish niyatida edik. Lekin 7-18 avgust kunlari Tailandda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Unda AGMK klubining ham ishtirok etishi inobatga olinib, AGMK klubi a’zolariga o‘z klubi safida qit’a birinchiligiga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati taqdim etildi.

Yig‘inda esa asosan terma jamoaga nomzod bo‘lgan va yaqin vaqt ichida milliy terma jamoaning o‘zagi bo‘lishi kutilayotgan yoshlar ishtirok etmoqda. Futzalchilar milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan turli jamoalardan jalb etilgan. Hozircha ushbu yosh futzalchilarning harakatlarini kuzatib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlayapmiz. Mashg‘ulotlar kuniga 2 mahaldan “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib borilyapti. 26 iyul sanasiga qadar mashg‘ulotlar o‘tkazamiz.

25 iyul kuni saralash bahslariga qur’a tashlanadi. Raqiblarimiz va qaysi sanada qaysi terma jamoa bilan o‘yin o‘tkazishimizni bilib olamiz. Biz bahs olib boradigan har bir terma jamoa o‘yinlarini albatta o‘rganib boramiz. Qit’a chempionati saralashiga puxta hozirlik olib borish niyatidamiz. O‘FA tomonidan biz taqdim etgan rejalar qo‘llab-quvvatlanib, zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Maqsadimiz – saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, muxlislarimizni ham xushnud etish. O‘zbekiston futzal bo‘yicha doim qit’ada yetakchilar qatorida bo‘lib kelgan. Ushbu mavqeni saqlab qolish va unga munosib bo‘lishga intilamiz, - deya ta’kidladi mutaxassis.

Manba: Ufa.uz
Kiritildi: 20:55, 09.07.2019.
O'qildi: 2598 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.