Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Qo‘qon-1912»: Chirchiq yig‘ini boshlandi. Tarkibda o‘zgarishlar bor

«Qo‘qon-1912»: Chirchiq yig‘ini boshlandi. Tarkibda o‘zgarishlar bor

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari kecha Toshkent shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Bugundan esa Chirchiq shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi.

Coca Cola cuperligasining 2-davra o‘yinlariga tayrgarlikni jamoa Toshkent viloyatida olib boradi.CHirchiq shahrida futbolchilarimiz kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazishadi. Bugun dastlabki mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.Mashg‘ulotlarda vaqtliroq ta’tilga chiqqan Murod Holmuhammedov, Shahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov va qolgan barcha futbolchilarimiz ishtirok etishdi.

Tarkibimizda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Jamoani tajribali futbolchi Jasur Hasanov hamda Behruz Sa’dilloyevlar tark etishdi. Bu futbolchilarning qaysi jamoaga borib qo‘shilishlari yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarga jamoamizdagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Ularning kelgusi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
O‘z o‘rnida “shunqorlar” yig‘inida yangi nomlar ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Qo‘qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi Otabek Haydarov (Qirg‘izistonning “Neftchi” jamoasidan) , “Paxtakor” jamoasidan yosh iqtidorli yarim himoyachi Sobit Sindarov, “Neftchi” jamoasidan yana bir iqtidorli yosh hujumchi Hamidillo Abduhamidov hamda tajribali himoyachi Alisher Samatovlar jamoamizning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi. Serbiyalik himoyachimiz Marko Milich yozgi tanaffusdan foydalanib o‘z yurtiga uchib ketgan edi. Milich yaqin kunlarda jamoa ixtiyoriga yetib keladi.

Chirchiq yig‘ini ikki qismdan iborat bo‘ladi. Dastlabki yig‘in 18-iyul kuniga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, yig‘in so‘ngida superliga klublaridan biri bilan nazorat uchrashuvi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz “Qo‘qon-1912” jamoasi 2-davraning dastlabki uchrashuvini 26-iyul kuni Toshkent shahrida “Paxtakor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 17:45, 11.07.2019.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик