Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Yaponiya elchixonasi vakillari MOQda mehmon bo‘lishdi

Yaponiya elchixonasi vakillari MOQda mehmon bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, roppa-rosa 1 yildan so‘ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari start oladi. Ayni paytda mazkur musobaqaga har tomonlama qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga Olimpiadaga hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mutasaddilari tashrif buyurishdi. Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov kutib oldi.

Tashrif davomida Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining o‘rinbosari Suda Asushi yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan loyihalar haqida gapirib berdi.

“Yurtingizda kuni kecha nishonlangan “Olimpiya kuni”ni ko‘rib lol qoldim. Tadbir juda ham yuqori saviyada tashkillashtirildi. Darhaqiqat, Tokioda Olimpiadaga juda katta tayyorgarlik ketyapti va qiziqish ham shunga yarasha yuqori. Oddiy misol, o‘tgan hafta Olimpiada ochilish marosimi uchun sotuvga chiqarilgan chiptalar bir necha soatlar ichida harid qilib bo‘lindi. Yaqinda Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasining vise-prezidenti Toshiaki Endo O‘zbekistonga tashrif buyurib, Milliy olimpiya qo‘mitasi faoliyati, o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiadaga tayyorgarligini ko‘zdan kechirgan edi. Janob Endoning tashrifi davomida nihoyasiga yetmay qolgan muzokaralar bor. O‘ylaymanki, qolgan ishlarni yaqin orada hal qilamiz. O‘zaro hamkorlik yo‘lida biz dzyudo, karate, voleybol kabi sport turlari bo‘yicha yaponiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga jo‘natishga tayyormiz”, – dedi Suda Asushi.

O‘z navbatida Rustam Shoabdurahmonov ham bunday keng qamrovli hamkorlik borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bunday ajoyib hamkorlik taklifi uchun katta rahmat sizga. Taklifingiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar va sportimizning kelajakdagi rivoji uchun juda muhim. Albatta, sizning yordamingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz ham maqsad sari yetishishda as qotadi. Ushbu loyiha bo‘yicha Yaponiya elchixonasi va MOQ o‘rtasida ishchi guruh tashkil qilsak-da, imkon qadar tezroq faoliyatni boshlasak. Haqiqatdan ham yapon milliy sport turlari sanalgan dzyudo va karate buyuk tarixga ega. Bizning bu borada o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p. Ishlab chiqadigan dasturimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilish, yetakchi murabbiy va sportchilar, shuningdek, sport tibbiyoti hamda farmakologiya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarimizning o‘zaro tajriba almashishi ham maqsadga muvofiq. Qilinishi kerak bo‘lgan shu kabi ishlarimizni yaxshi yo‘lga qo‘yib olsak, ko‘zlangan natijaga erishishimiz oson bo‘ladi”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Uchrashuv mobaynida tomonlar Tokio Olimpiadasiga tayryorgarlik bosqichlari, o‘zaro istiqbolli loyihalar va boshqa qator masalalar bo‘yicha muzokara olib borishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:10, 12.07.2019.
O'qildi: 1496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик