Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Braziliyalik futbolchilar Messini tanqid qilishdi

Braziliyalik futbolchilar Messini tanqid qilishdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Leo Messi tomonidan «Kopa Amerika» musobaqasi va mezbonlarning g‘alabasi aytilgan so‘zlar futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Argentinalik futbolchining intervyusi ko‘plab braziliyalik futbolchilarning g‘azabini qo‘zg‘atdi va ular ham OAV vositalari orqali javob qaytarishdi. Bugun ana shunday intervyularning bir nechtasini e’tiboringizga taqdim etamiz.

Tite

Men «O‘zga sayyoralik» deb ataydigan futbolchi biroz bo‘lsada, o‘zini hurmat qilishi lozim. Har qanday mag‘lubiyatni to‘g‘ri tushunish va uni hazm qila bilish kerak. Doim har bir so‘zingizga e’tibor qaratishingizni iltimos qilaman. Messi o‘z so‘zlari bilan buyukligiga rahna soldi. Biz Argentina termasiga qarshi toza futbol namoyish etdik. Ortiqcha gapga xojat yo‘q!

Markinyos

«Barselona» jamoasidagi uning ishlari a’lo darajada ketmoqda. Bu taxsinga loyiq. Men uning hech qachon uchrashuvlardan so‘ng bunday intervyu berganini ko‘rmagan edim. U yengildi! Buni fakt ekanligini tan olishning ayti payti. Mag‘lubiyatga uchrashni ham bilish kerak.
 
Marselo

Men Messi bilan bir necha yildan beri raqib sifatida to‘p surgan bo‘lsamda, u tomonidan biror marotaba bunday so‘zlarni eshitmagan edim. Agarda bu musobaqa Janubiy Amerikaning boshqa bir davlatida bo‘lganida ham bu tarkibimiz bilan chempionlik bizdan boshqasiga nasib etmagan bo‘lar edi. Men mana bir necha yildan beri termaga chaqirilayotgan bo‘lsamda, bunday kuchli Braziliya termasini ko‘rmagan edim. Bizga o‘z uyimizda bo‘lgan mundialda Everton, Jezuz, Alison singari yosh iqtidorlar yetishmagan edi. Hozirda Braziliyaning istalgan pozisiyasida kuchli raqobat mavjud bo‘lib, bu yosh yigitlarni ishlashga undamoqda. Braziliya avlodlar almashinuvini boshdan kechirib bo‘ldi. Argentinada esa, bu endi boshlanmoqda. Messi buni to‘g‘ri tushunishi va bunga ko‘nikma hosil qilishi kerak.

Everton

Tan olish lozim, biz Argentinaga qarshi uchrashuvda katta kuch yo‘qotdik. Bu musobaqada hatto Paragvay bilan bo‘lgan uchrashuv davomida ham asablarimiz jilovlangan edi. Messiga qarshi bahsda esa biz so‘nggi daqiqalarda 2 : 0 hisobida oldinda borgan bo‘lsakda, havotirda to‘p surdik. O‘sha bahs oldidan Tite bizga bu uchrashuvdagi g‘alaba chempionlikka teng degan edi. Biz buni uddaladik va oxirida chempionlikni qo‘lga kiritdik.  Messi tomonidan aytilayotgan so‘zlar barchasi hissiyot bilan aytildi. U buyuk futbolchi va u kabi tug‘ma futbolchilar qizishib ketgandagina bunday intervyu berishi mumkin. Shuni aniq ayta olamanki, butun boshli musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va Braziliya xaqli ravishda chempionlikka erishdi.

Tiago Silva

Ba’zan mag‘lubiyatlardan so‘ng, aybni doim atrofdagilardan qidirishga urunamiz. Biz «Barselona»ga 1 : 6 hisobida yengilganimizda hakamlar juda ko‘p ta’sir o‘tkazishga urungan bo‘lsada, biz mag‘lubiyatni mardlarcha tan olgan edik. Hurmat saqlashimiz lozim edi. Bejizga Braziliya besh bor JCHda g‘olib chiqmagan. Bu g‘alabalarning barchasi ofislarda emas, yashil maydondagi o‘yinlari evaziga qo‘lga kiritilgan sof yutuq desak, adashmagan bo‘lamiz.

Kazimiro

Kimning og‘zi bo‘lsa, uning so‘zlashga haqqi bor. Men hakamlar borasida hech narsa demoqchi emasman.  Faqat shuni aytishim shartki, ular qo‘llaridan kelganicha shaffoflikni ta’minlashga harakat qilishdi. Shu o‘rinda Peru termasini ajoyib ishtirok bilan tabriklamoqchiman. Argentina mag‘lubiyatga uchrasa, Messi doimo aybdor izlaydi. U «Barselona» tarixidagi eng kuchli futbolchi bo‘lsada, terma jamoada hech narsaga erisha olmadi. Uning terma bilan birorta sovringa ega chiqishiga ishonish qiyin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:03, 13.07.2019.
O'qildi: 7569 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.