"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis klub "Inter"ning argentinalik hujumchi Mauro Ikardiga qiziqmayotganini ma’lum qildi.
"Ikardining transferi? Bu qandaydir mish-mish. Ha, men uning agenti va xotiini Vanda bilan 3 yil ilgari uchrashgandim, biroq buni yana takrorlamoqchi emasman. Ikardi "Napoli"ga kerak emas", - deydi De Laurentis.