Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Universiada-2019. Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida ham finalga chiqdi

Universiada-2019. Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida ham finalga chiqdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlari davom etmoqda. Tennischilarimiz bugun ham zafarli yurishlarini davom ettirishmoqda.

Bugun erkaklar o‘rtasida yakkalik bahslarida final yo‘llanmasi uchun kortga tushgan Humoyun Sultonov fransiyalik Lukas Poullainni 6/0, 6/3 hisobida mag‘lub etdi.

Dastlabki o‘yinlarda Shri Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini yirik hisobda mag‘lub etgan yurtdoshimiz chorak finalda amerikalik Keegan James Smitdan 6/1, 6/2 hisobidan ustun kelgan edi.

O‘zbekistonning 5-raqamli raketkasi bo‘lgan yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov jahon reytingida 380-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev tandemi yarim finalda xitoyliklarni mag‘lub etib, universiadaning so‘ngi bosqichiga chiqishgan edi. Birozdan so‘ng vakillarimiz final o‘yinida koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushishadi.

Yigitlarimizga hal qiluvchi bahsda omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:59, 13.07.2019.
O'qildi: 1972 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.