Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “Metallurg U-21” bilan o‘yin o‘tkazdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “Metallurg U-21” bilan o‘yin o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Noyabrda U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda.

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur yig‘in doirasidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Unda terma jamoamizga “Metallurg U-21” jamoasi raqiblik qildi. O‘yin “Bunyodkor” akademiyasi maydonida tashkil etildi. Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda bekobodliklar Mahmud Qudratullayev tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi. 

O‘zbekiston yo.t.j. – “Metallurg U-21” 0:1

Bosh hakam: Asker Najafaliyev.

Gol: Mahmud Qudratullayev (14). 

O‘zbekiston yo.t.j: Mo‘minmirzo Qodirov, Eldor Begimov, Javohir Jo‘rayev, Shoxjahon Sultonmurodov, Doston Tursunov, Ulug‘bek Aknazarov, Davron Anvarov, Muzaffar Olimjonov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Bo‘ronbek Mirzasalimov, Bobur Sabirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Abdullaxonov, Xurshid Ubaydullayev, Asliddin Toshtemirov, Abdurauf Bo‘riyev, Asilbek Obidov, Abdulloh G‘aybulloyev, Asilbek Qayumov.

Ikkinchi o‘yinda esa terma jamoamizga Tojikistonning “Ho‘jand” klubi raqiblik qiladi. Mazkur bahs 15 iyul kuni Bekobodda bo‘lib o‘tadi. Yig‘in doirasidagi oxirgi uchrashuv esa 17 iyul sanasida TTYMI stadionida “Lokomotiv” bilan tashkil etiladi.

Ta’kidlash joiz, mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 18 iyul sanasiga qadar davom etadi. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:19, 13.07.2019.
O'qildi: 2712 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.