Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Antuan Grizman matbuot anjumanida nimalar dedi?!

Antuan Grizman matbuot anjumanida nimalar dedi?!

Baho:
+ | -

Kuni kecha «Barselona» futbol klubi Antuan Grizman transferini e’lon qildi. Futbolchini tanishtirish maqsadida tashkillashtirilgan matbuot anjumanida fransiyalik futbolchi tomonidan aytilgan so‘zlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Birinchidan men «Real Sosyedad» klubiga rahmat aytmoqchiman. Ular menga katta futbolda ilk shartnomani taklif qilishgan. Bundan tashqari, «Atletiko Madrid» va Simionega o‘z tashakkurimni izhor qilmoqchiman. Ular meni «Barselona» futbolchisi degan maqomga ko‘tarilishimda yordam berishdi. Men bu yerda hamma narsaga tayyor bo‘lganim uchungina turibman! Yangi chaqiruvga mardlarcha javob qaytara olishimga ishonchim komil. Bu klubda o‘z o‘rnimni topmoqchiman. Bundan tashqari, «La Liga», Kubok va YECHLda zafar quchishni istayman. O‘tgan mavsumda «Barselona»ga  o‘tmaganimga  yetarlicha sabablar mavjud. Ulardan eng kattasi oilam yangi shaharga ko‘chib o‘tishga tayyor emas edi. Endi hammasi o‘z joyida va katta g‘alabalar uchun tayyorman. Abidal va Valverde bilan suhbatlashib olishga ulgurdim. Bilasizmi, meni ikkita kumirim bor. Ulardan biri Lebron Jeyms bo‘lsa, ikkinchisi Leonel Messi. Yangi jamoamda qaysi pozisiyada o‘ynashga to‘g‘ri kelsada, men buni xursandchilik bilan qarshi olaman. Bu jamoaning o‘yinlarini tomosha qilib turar edim, bugun esa  uning a’zosi ekanligimdan mamnunman. Men doimo o‘yindan lazzat olib to‘p suradigan quvnoq yigitman. Umid qilamanki, yangi jamoamda tezda moslashib ketaman. Umid qilamanki, yangi jamoadoshlarim bilan oldimga qo‘ygan maqsadlarning hammasini zabt etaman. Tezroq Dembele va Umtiti bilan ko‘rishgim kelyapti. Ular mening eng yaqin do‘stlarimdan biri.

Messi bilan bir jamoada to‘p surish bu haqiqiy baxt. U mening farzandlarim  va ularning farzandlari uchun ham afsonaviy futbolchi bo‘lib qolaveradi. U Lebron Jeyms singari tarixda qoladi. To‘g‘risi, Messi va yangi jamoam bilan tezroq bir mashg‘ulot o‘tkazish niyatidaman. Bu klubga kelganimdan xursandman va qolganlarni ham xursand qilishdan umidvorman.
Qolgan trasnferlar haqida bir nima deya olmayman. Bu futbolchi o‘ylashi kerak bo‘lgan narsa emas. Bu haqida murabbiylar shtabi bosh qotirgani ma’qul. Neymarning transferi borasida faqat OAV orqali eshitdim. O‘ylashimcha, bu transfer amalga oshmaydi. Bunday savollarni yaxshisi transfer bilan shug‘ullanadigan insonlarga berganingiz maqul.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:16, 15.07.2019.
O'qildi: 10144 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик