Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

"Barselona" Romero transferi uchun o‘yinchisini qo‘shishi mumkin

"Barselona" Romero transferi uchun o‘yinchisini qo‘shishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Barselona" klubi 28 yoshli argentinalik himoyachi Kristian Romero bilan shartnoma imzolash ustida ishlashni davom ettirmoqda. Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining amaldagi klubi "Tottenxem" uning uchun taxminan 60 million yevro talab qilmoqda.

"Barselona" mazkur kelishuvni kombinasiyalangan variantda amalga oshirishni ko‘rib chiqmoqda va Romero evaziga "Tottenxem"ga o‘z futbolchilaridan birini qo‘shimcha to‘lov bilan taklif qilmoqchi. "Ko‘k-anorranglilar"ning asosiy maqsadi — himoyachining yakuniy narxini pasaytirishdir.

Kristian Romero 2021 yilda "Atalanta"dan "Tottenxem"ga o‘tganidan beri London klubida to‘p suradi. Joriy mavsumda himoyachi APLda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:23, 25.05.2026.
O'qildi: 2435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик