Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) iyul oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchi GoSport.uz internet-nashriga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Jalolov 24 iyul kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Sportchi tez kunda bu borada ham ma’lumot berishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov bunga qadar, so‘nggi marta joriy yilning 10 aprel kuni AQSHda Brendan Barrettga (7-3-2, 5 KO) qarshi jangda g‘alaba qozonib, Shimoliy Amerika boks federasiyasi — NABFning ikkinchi darajali kamari (NABF Junior) chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Keyinroq u havaskor bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etib, ketma-ket ikkinchi marta mazkur musobaqa oltin medaliga ega chiqqandi. 

Kiritildi: 13:45, 16.07.2019.
O'qildi: 1649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.