Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi

O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur marosimda ishtirok etish uchun taklif etilgan O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi ayni paytda OFK bosh qarorgohida bo‘lib turibdi.

OFK va O‘FA o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘rtadagi o‘zaro ishonchning yangi bosqichga olib chiqilishini ta’minlash maqsadida Ravshan Ermatov qit’a futbol konfederasiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi va o‘zaro aloqalar istiqboli xususida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qit’amiz futbol konfederasiyasi tomonidan muntazam ravishda milliy assosiasiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni har jihatdan rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan barcha loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini va endilikda O‘FA vakillari OFKning barcha loyihalarida faol ishtirok etishini bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda ikki tashkilot o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan dasturlar, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalarning saralash va final bosqichlarini o‘tkazish kabi masalalar ham muhokama etildi.

Osiyo futbol konfederasiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O‘FA rahbariyatining ushbu tashrifidan mamnun ekanini bildirib, O‘zbekistonning qit’ada o‘z o‘rniga ega ekanini qayd etdi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatining yangi tarkibiga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:17, 17.07.2019.
O'qildi: 3508 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик