Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Jaloliddin Masharipov: «Guruhdagi eng shiddatli o‘yinlarni Saudiya Arabistoni bilan o‘tkazsak kerak»

Jaloliddin Masharipov: «Guruhdagi eng shiddatli o‘yinlarni Saudiya Arabistoni bilan o‘tkazsak kerak»

Baho:
+ | -

Kecha Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov O‘FA rasmiy saytiga qur’a haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘ylashimcha, yaxshi guruhdan o‘rin oldik. Hozirgi paytda barcha mamlakatlarda futbolni yaxshi o‘ynashyapti, har bir terma jamoada yaxshi darajadagi mahoratli futbolchilar bor. Lekin agar har bir o‘yinga 100 foiz kuch bilan hozirlik ko‘rsak va yaxshi kayfiyatda maydonga tushsak, har qanday raqibni mag‘lub eta olamiz va guruhda 1-o‘rinni egallay olamiz. Menimcha, ushbu guruhdagi eng qiziqarli va shiddatli o‘yinlarni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazsak kerak", — dedi mahoratli yarim himoyachi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:27, 18.07.2019.
O'qildi: 5872 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик