Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

O‘FA kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashda OFK bilan hamkorlik qiladi

O‘FA kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashda OFK bilan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasida O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov mamlakatimizda futbol rivoji uchun amalga oshiriladigan ishlar xususida gapirib, futbolimizni orqaga tortayotgan illatlardan bo‘lgan kelishilgan o‘yinlar va totalizatorda ishtirok etish kabi holatlar bilan keskin kurash olib borilishini ta’kidlagan edi.

Shu boisdan ayni paytda Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohida bo‘lib turgan Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘FA delegasiyasi OFKning ushbu yo‘nalish bo‘yicha mas’ullari – AFC Integrity departamenti rahbari Ahmed Alosaymi hamda Sportradar kompaniyasi direktori Oskar Brodkin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida OFK vakillari O‘zbekistondagi ichki musobaqalarda kelishilgan o‘yinlar tashkil etilishiga qarshi kurashda O‘zbekiston futbol assosiasiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda bu borada o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini ma’lum qilishdi. O‘z navbatida Ravshan Ermatov ham mamlakatimizda futbolning rivoji uchun to‘sqinlik qilayotgan turli qing‘irliklardan holi bo‘lish muhim ekani, kelishilgan o‘yinlar va totalizatorga qarshi kurashda O‘FAning qit’a futbol konfederasiyasi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishi yanada samara berishini ta’kidladi.

Shuningdek, FIFA hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hani Ballan hamda OFK hakamlar boshqarmasi direktori Shamsul Maydin bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda Osiyodagi va O‘zbekistondagi hakamlikni rivojlantirish, hakamlar saviyasi va mahoratini oshirish uchun seminarlar tashkil etish, hakamlikni havaskorlikdan professional yo‘nalishga o‘tkazish, VAR tizimi kabi masalalar muhokama qilindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:39, 18.07.2019.
O'qildi: 2890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик