Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Muhammad Diallo: «Bunyodkor - haqiqiy professional jamoa ekan»

Muhammad Diallo: «Bunyodkor - haqiqiy professional jamoa ekan»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor»ning Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida jamoaga qo‘shilgan kot-d'Ivuarlik hujumchi, vinger Muhammad Diallo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoada meni juda iliq kutib olishdi. Futbolchilar ham, murabbiylar ham o‘ziga yaqin olib munosabatda bo‘lishmoqda. Ahamiyatlisi, o‘yinchilar na rangimga va na raqobatchiligimga e’tibor qaratishgani yo‘q. Bu yerda faqat futbol haqida o‘ylasharkan. Jamoaga kelib qo‘shilgan kunim bosh murabbiy Vadim Abramov bilan suhbatlashganimdayoq shuni tushunib yetdim. Murabbiydan tortib futbolchilargacha ishga jiddiy munosabatda bo‘lar ekan.

Vadim Abramov mendan nima xohlayotganini tushundim. U ko‘proq gol urishimni va jamoaga yordam berishimni istamoqda. O‘rtoqlik uchrashuvida «Bunyodkor»ning o‘yinini tahlil qilar ekanman, futbolchilar aql bilan futbol o‘ynashiga amin bo‘ldim. Yigitlar bir-birlari pas o‘ynashni qoyillatishadi. Qolaversa, futbolchilarning texnikasi ham e’tirofga molik.

«Bunyodkor»ga kelishimdan avval jamoa haqida qiziqqandim, internet orqali ma’lumotlar to‘plagandim, agentim ham klub to‘g‘risida gapirib bergandi. Kelib, jamoaga qo‘shilib shunga amin bo‘ldimki, «Bunyodkor» - haqiqiy professional jamoa ekan! Meni so‘nggi jamoam Qatar klubi bo‘lgan. Shunchaki, solishtirish uchun aytaman, u yerda futbolchilar mashg‘ulotga kelishadi va ketishadi. Bu yerda o‘yinchilar kasbiga juda jiddiy yondoshishiga guvoh bo‘ldim. Qolaversa, futbolchilar yoshi kattami-kichkinami, hamma bir jamoa bo‘lib yashar ekan. Bir-birlari bilan doimiy iliq munosabatda bo‘larkan. Odatda klublarda yoshi kattalar va kichiklar alohida guruh bo‘lib olishi tabiiy, ammo «Bunyodkor»da bunday holatni ko‘rmadim. Faxriy futbolchi eng yosh bilan ham iliq munosabatda, u bilan bemalol ko‘chaga chiqib, aylanib yura olishi mumkinligi guvohi bo‘ldim.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:17, 19.07.2019.
O'qildi: 6717 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик