Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Mbappe Neymar transferi borasida nimalar dedi?

Mbappe Neymar transferi borasida nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Kuni kecha Fransiyaning «L'E quipe» nashri Killian Mbappe bilan intervyuni e’lon qildi. Yosh iqtidor egasi tomonidan berilgan intervyu mutaxassis va muxlislarda katta qiziqish uyg‘otgani bois uni saytimiz uchun tarjima qildik.

Neymar chinakam futbol afsungari. Uning to‘p bilan maydonda harakatlanishidan zavqlanaman. Bundan tashqari unda ajoyib dribling ham mavjud. U men uchun katta akamdek yaqin va doimo undan nimadir o‘rganishga harakat qilaman. Hozirda uning transferi borasidagi mish – mishlar ko‘payib ketdi. 

Afsuski, klub rahbarlari undan norozi ekanliklarini yashirib o‘tirishmayapti. Uning jamoa mashg‘ulotlariga kelmayotganini tushunish juda mushkul. Men Neymar bilan bu borada gaplashganimcha yo‘q. Balki unda asosli sabablar bordir, yana kim biladi deysiz?!

Men futbol odamiman. Menga OAV tomonidan bildirilayotgan fikrlarning zarracha qizig‘I yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham «PSJ» keyingi mavsumda Neymar bilan ham, u siz ham juda kuchli klub bo‘lib qolaveradi. Bizda kuchli futbolchilardan tashkil topgan klub mavjud. «PSJ» Neymardan iborat emasligini unutmaslik lozim. Uning iqtidoriga jamoamizda hech kimda shubha yo‘q, lekin  boz ustiga, yangi mavsumda YECHL g‘olibligi uchun ham kurashamiz. Afsuski, bu musobaqada bizga omad yetishmayapti. Nuqul arzimagan detallar tufayli eng kerakli pallalarda qoqilyapmiz.

Men professional futbolchi sifatida kundan – kunga o‘sib boryapman. O‘ylashimcha, yangi mavsumda ma’suliyatni o‘z bo‘ynimga olish qo‘limdan keladi.

Shuni hech qachon unutmaslik lozim, almashtirib bo‘lmas o‘yinchilar bo‘lmaydi va hech bir futbolchi butun boshli jamoasidan ustunroq turmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:44, 20.07.2019.
O'qildi: 13415 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик