Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Eden Azar yangi jamoasidagi o‘yinidan norozi

Eden Azar yangi jamoasidagi o‘yinidan norozi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» jamoasininp bu mavsumdagi eng katta transferi sanaladigan Eden Azar kuni kecha «Bavariya»ga qarshi kechgan  bahsdan so‘ng intervyu berdi. Hozir  ikki jamoaning murabbiylari va Eden Azar tomonidan o‘yin haqida bildirilgan fikrlar bilan tanishib chiqamiz

Zidan

Men uchrashuvning natijasidan qoniqmadim, lekin ayrim futbolchilarning o‘yinlaridan ko‘nglim to‘ldi. Yangi mavsumga tayyorgarlik ajoyib o‘tmoqda. Bugungi uchrashuv bizning ilk o‘yinimiz edi. Bundan tashqari juda ko‘p o‘yinchi almashtirganimiz o‘yin sifatini tushurib yuboradi. Bizni oldinda katta va mashaqqatli yo‘l kutmoqda. Beyl jamoadan ketish arafasida turgani bois uni maydonga tushurmadim. U bizning rejalarimizda yo‘qligi uchun undan foydalanishning xojati yo‘q. Umid qilamanki, uning muammosini ertaga hal etamiz. Qo‘limizdan kelguncha uning boshqa kubga o‘tishini ta’minlashga harakat qilamiz.

Niko Kovach

Bu musobaqada omadsiz start olgan bo‘lsakda, bugun o‘zim ko‘rishni istagan «Bavariya»ni maydonda ko‘rdim. Biz tinimsiz hujum qildik. To‘g‘ri , «Real Madrid» ham hujumga o‘tdi, biroq bugun biz ulardan faolroq ko‘rindik. 2 haftadan so‘ng «Bavariya»ni super kubok uchrashuvi kutib turibdi. O‘sha uchrashuvga qadar har-xil uslublarni qo‘llab ko‘rishda davom etamiz. Jamoa o‘yin davomida o‘zini bo‘sh qo‘ydi va o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladik.
Yangi mavsum oldidan katta maqsadlar qo‘yganmiz. Oldimizda muhim uchrashuvlar bizni kutib turibdi. Bu klub futbolchilari jamoa sharafini himoya qilish naqadar muhim ekanligini juda yaxshi bilishadi. Biz o‘tgan mavsumda ichki chempionat va kubok bahslarida g‘olib chiqdik. Endigi navbat YCHLda munosib ishtirok etish. Yangi mavsumda o‘tgan yilgi natijalarni qaytalash mushkul bo‘lsada, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Biz shunday to‘p suramizki, bizga qarshi maydonga tushgan barcha jamoalar 100 foiz kuch bilan to‘p surishga majbur bo‘ladi.

Eden Azar

Men yangi jamoam uchun norasmiy bo‘lsada debyut qilganimdan mamnunman. Hali hammasi oldinda. Men bugungi uchrashuvdagi harakatlarimdan va jamoamizning o‘yinidan qoniqmadim. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lsada, biz bugungi o‘yin davomida ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Bizda bunday imkoniyatlardan juda ko‘p bo‘ldi. Shunga qaramasdan, men shunday klubning bir bo‘lagi sifatida ilk uchrashuvda maydonga tushganimdan xursandman. Endilikda ishlashda davom etaman va jamoam uchun yangi sovrinlarni yutishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Men yangi mavsumni ozru qilib kutyapman, ayniqsa «el-klassiko»da o‘z kuchimni sinab ko‘rish haqida o‘ylasam vaqt to‘xtab qolayotgandek tuyuladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:39, 21.07.2019.
O'qildi: 15662 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.