Jamoa yarim himoyachisi Kallum Sletteri klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
"Sautgempton" Sletteri bilan yangi shartnoma imzoladi, 20-yoshli ingliz 2022-yil 30-iyungacha jamoa sharafini himoya qiladi, deb e’lon qildi "Sautgempton" klubi rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, Sletteri - "Sautgempton" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsumda APLda 3 ta o‘yinda ishtirok etgan.