Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Mulohaza: “Real”ning hozirgi tarkibi optimalmi?

Mulohaza: “Real”ning hozirgi tarkibi optimalmi?

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi o‘tgan safargidan farqli ravishda bu safar transfer bozorida ancha faol. Ammo hozircha raqamda ko‘ringan bu faollik tajriba va sifatda unchalik sezilmayotgandek. “Real” har mavsumda katta maqsadlar uchun kurashishi, bugunning o‘zida sovringa ega chiqishga o‘rgangan klub ekanligini inobatga olsak, hozirgacha amalga oshirilgan transferlar talabga javob bermaydigandek. Birgina Azar bundan mustasno.

Darvoza chizig‘i — mukammal

Kosta-rikalik posbon Keylor Navasning jamoada qolishini inobatga olsak, Zidan darvoza chizig‘i borasida muammoga dech kelmaydi. Asosiy posbon ham, ikkinchi posbon ham tajribali. Hatto zaxira posbon asosiysidan kuchliroqdek ko‘rinadi ba’zan. Ehtimol, Zidan La Ligada boshqa, YECHLda boshqa posbonni o‘ynatar. Muxtasar qilib aytganda, bu chiziqda transferga ehtiyoj yo‘q.

Himoya — talab bor

Himoya chizig‘i “Real”da kuchaytirish talab qilinadigan chiziqqa o‘xshab ko‘rinmoqda. Yozgi transferda Eder Militao hamda Ferlan Mendilar xarid qilindi, ammo “qirollik klubi” kurash olib boradigan frontlar darajasini inobatga olsak, bu himoyachilar hali “Real” bayrog‘ini munosib himoya qilishga tayyor emasdek. Hozircha optimal to‘rtlik shakllangan — Ramos, Varan, Karvaxal va Marselo. Ammo ulardan biri jarohat olgan taqdirda ularning o‘rniga asosiy himoyachi tanlashda Zidan qiynaladigandek ko‘rinmoqda. Ehtimol, yangi sotib olinganlar bizning taxminimizni yo‘qqa chiqarar, bu yog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Yarim himoya — tartibga solish kerak

Ba’zan futbolchilarning ko‘pligi ham xalal beradi. Ayni damda “Real”ning yarim himoyasida shunday jarayon. Bir qarashda iqtidorli, tajribali futbolchilar yig‘ilgandek. Ammo o‘tgan mavsum ko‘rsatib berdiki, “Real”ning yarim himoya chizig‘iga barqaror o‘ynaydigan futbolchilar kerak. Yana bir tomoni, bu futbolchilarni o‘ynata bilish murabbiyga ham bog‘liq. Ko‘ramiz, Zidan, ehtimol, yarim himoya chizig‘ini tartibga keltira olar.

Hujum — to‘purar yo‘q

“Real”da hozirda to‘purar yo‘q. Karim Benzema o‘tgan mavsumda to‘purar bo‘lgani bilan faxrlanar balki, ammo jamoaning o‘zi sharmandali natija qayd etgan mavsumda to‘purar bo‘lish ham sharmandalik bilan teng. Ya’ni to‘purarlik klubga foyda bermasa, kerak emas.

“Bavariya”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini ko‘rsatib berdiki, Benzema yaqqol vaziyatlardan foydalanishga hali-beri mukammal formaga kirishi qiyin. “Real”dek jamoaga esa yarimta imkoniyatdan ham to‘liq foydalana oladigan hujumchi kerak, borini yo‘qqa chiqaradigan emas. Zidan yangi mavsumdagi asosiy hujum uchligini e’lon qildi — Azar, Vinisius Junior va Benzema. Bizningcha, “qirollik klubi” markaziy hujum chizig‘iga kuchliroq futbolchi olib kelishi lozim. Mbappeni 2020 yilda xarid qilish rejasi hali xom. Keyingi yil yozigacha nima gap, nima so‘z, bu yog‘i faqat Yaratganga ayon. Shuning uchun Zidan o‘tgan mavsumdagidek sharmandali natija qayd etilmasligi uchun to‘purar olib kelishi lozim. Azar deysizmi? Azar to‘purar emas, to‘purarga munosib darajada yordam bera oladigan futbolchi. U yaratadigan vaziyatlarni golga aylantiradigan hujumchi “qirollik klubi” uchun juda zarur.

Xulosa! Xulosa o‘rnida, “Real” yozda kamida bitta to‘purar hujumchi xarid qilishi kerak. Agar bu amalga oshmasa, Luka Yovichga ko‘proq imkoniyat berilishi zarur.

 

Qo‘shimcha! “Bavariya”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini ko‘rsatdiki, “Real”da yaxshigina yosh iqtidorlar jam bo‘libdi. Rodrigoning jarimani golga aylantirishi bir necha yil oldingi Ronalduni yodga soldi. Kuboning harakatlari esa Messini eslatmoqda. Vinisius Junior va Brahim Dias kabi iqtidorlar ham “pichoqqa yaraydiganlar” sirasiga kiradi. Ehtimol, shular orasidan “yangi Ronaldu” chiqar.

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:53, 22.07.2019.
O'qildi: 9482 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.