Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Real Madrid» Neymar borasida ilk taklifni jo‘natdi

“Ispaniyaning «Real Madrid» jamoasi Neymarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish borasida «PSJ» jamoasiga  o‘zining ilk taklifini jo‘natdi”, - deb xabar tarqatmoqda xorij nashrlari
Unga ko‘ra, «qirollik klubi» futbolchi uchun «PSJ»ga Garet Beyl va 90 million yevro taklif qilgan. Eng qizig‘I shundaki, «PSJ» «Barselona» jamoasini kuchsizlashtirish maqsadida braziliyalik futbolchini arzonroq narxga bo‘lsada «Real Madrid»ga sotib yuborishni maqsad qilgan. Parij klubi sport direktori Neymarning ketish haqidagi janjallarining bosh sababi deya «Barselona» klubini ko‘rsatgan. Agarda ish shu ketishda davom etsa, Neymar «Real Madrid» safida paydo bo‘lishi ham hech gap emas.

Sessenion seriali yakunlandi

«Fulhem» klubi qanot himoyachisi Rayan Sessenionni qo‘lga kiritish uchun 8 ga yaqin klub kurash olib borganidan xabaringiz bor. Iqtidorli futbolchi uchun bo‘lib o‘tgan poygada Londonning «Tottenhem» klubi g‘olib chiqdi.
Futbolchi bilan shaxsan o‘zi uchrashgan Pochetino uni «shporlar» safiga o‘tishga ko‘ndirgan. Futbolchining transfer summasi 20 million funt deb baholanmoqda.
Pochetino tez orada klubni tark etishi kutilayotgan Deni Rouzning o‘rnini aynan Sessenion bilan to‘ldirishni maqsad qilgan.

Sarri transfer rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Maurisiu Sarri jamoasining transfer rejalari haqida bilganlarini oshkor qildi. Klub rasmiy saytiga intervyu bergan mutaxassis quyidagi  so‘zlarni keltirib o‘tdi: «Men bu ish bilan o‘ralashib qolishni istamayman. Bu uchun alohida ishlaydigan rahbarlar mavjud. Hozirda bizda ayrim pozisiyalarda o‘yinchilar ko‘payib ketgan. Bu ketishda ulardan ba’zilarni sotib yuborishimiz kerak bo‘ladi. Futbolchilarimizning 7 tasi jarohatidan forig‘ bo‘lmagan bo‘lsa, yana 5 tasi terma jamoa qarorgohidan endigina kelib safimizga qo‘shildi.
Transfer oynasi yopilguniga qadar o‘yinchi sotib olishga harakat qilamiz, lekin bir nechta o‘yinchilarni sotib yuborishimiz shart. Aks holda, hammani YCHL ro‘yxatiga kirita olmaymiz. Biz uchun hozirda birinchi navbatdagi vazifa futbolchilarimizning ayrimlarini sotib yuborish»

«Arsenal» ishga kirishdi

Londonning «Arsenal» jamoasi Dani Sebalos borasidagi ilk rasmiy taklifni  «Real Madrid» jamoasiga jo‘natdi.
Unga ko‘ra «to‘pchilar» Sebalos uchun uning klubiga 30 million yevro taklif qilishgan. «Real Madrid» esa o‘z talablarini qo‘yishni boshladi. «Qirollik klubi» futbolchini qayta sotib olish sharti bilangina qo‘yib yuborishga tayyor. Aks holda, futbolchi yangi mavsumni ham Madridda davom ettiradi. Bundan tashqari «qirollik klubi» o‘z o‘yinchisini shuncha shart bilan ham 40 milliondan kamiga qo‘yib yubormasligini rasman e’lon qildi.
Beyl Xitoyning eng boy futbolchilaridan biri bo‘lishi mumkin
«Real Madrid» jamoasi hujumchisi Garet Beyl Xitoyning «Sunin» klubi qiziqishlari doirasida turibdi.
Xitoy jamoasi uelslik futbolchi uchun haftasiga 600 ming yevro maosh belgilangan uzoq muddatli shartnomani taklif qildi. Agarda bu transfer amalga oshsa, Beyl Xitoyda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Beylning agenti bu taklif borasida yakuniy javobni berganicha yo‘q. Shunday bo‘lsada, Beylning vaqti ko‘p emas. Gap shundaki, Xitoyda transfer oynasi 31-iyul kuni yopiladi.

«Arsenal» Zaha borasida kelishuvga erisha olmadi

Londonning «Arsenal» jamoasi «Kristal Pelas» klubi yarim himoyachisi Zahaning klubiga ikkinchi bor rasmiy taklif bilan chiqdi. Unga ko‘ra, jamoa futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida 55 million funt va 19 yoshlik futbolchi Ris Nelsonni qo‘shib bermoqchi edi. Afsuski, «Kristal Pelas» jamoasi ikkinchi bor taklifni rad etdi. Jamoa o‘z futbolchisi uchun 100 million atrofida so‘ramoqda va undan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot o‘rnida, agarda Zaha tranasferi amalga oshsa, «Arsenal» jamoasi futbolchisi Aleks Ivobi jamoani tark etishini e’lon qildi.

«Milan» hujumchisini sotmoqchi

«Milan» jamoasi o‘z vaqtida ko‘pchilkda katta umid va qiziqish  uyg‘otgan Andrea Silvani sotib yubormoqchi. Portugaliyalik futbolchi uchun Fransiyaning «Monako» klubi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
«Milan» Silvani sotib yuborish evaziga kelib tushadigan pullarga «Atletiko Madrid» jamoasi hujumchisi Angel Koreani harid qilmoqchi. Argentinalik futbolchining transfer summasini to‘lash maqsadida Italiya klubi o‘zining yana bir hujumchisi Patrik Kutroneni ham sotuvga qo‘ygan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:33, 22.07.2019.
O'qildi: 6987 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.