Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rasman. Ronaldudan zo‘rlash bilan bog‘liq ayblov olib tashlandi

Rasman. Ronaldudan zo‘rlash bilan bog‘liq ayblov olib tashlandi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu zo‘rlash bilan bog‘liq ayblov yuzasidan javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi.

AQSHning Nevada shtati polisiyasi maxsus bayonot bilan chiqib, futbolchiga nisbatan amerikalik ayol Ketrin Mayorga tomonidan ilgari surilgan ayblov bo‘yicha ish ochilmasligini ma’lum qildi.

«Vaziyatni o‘rganib chiqib, polisiya shunday xulosaga keldiki, Krishtianu Ronalduga nisbatan ilgari surilgan ayblov yetarli isbotga ega emas. Shu bois, unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo‘llanilmaydi», – deyiladi polisiya bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida. 2018 yilning oktyabr oyida AQSHlik ayol Ketrin Mayorga bayonot berib, 2009 yilda Las-Vegasdagi mehmonxonada Krishtianu Ronaldu o‘zini zo‘rlagani haqida ma’lumot tarqatdi. Shu bilan birgalikda, ayolning aytishicha, Ketrin bu masalada sudga murojaat qilmasligi uchun portugaliyalik futbolchi o‘sha paytda unga 375 ming dollar pul belgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 05:59, 23.07.2019.
O'qildi: 5515 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик