Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Taekvondochimiz Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Taekvondochimiz Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Unda asosiy tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Vakillarimizdan o‘smirlar Olimpiadasi sovrindori Ulug‘bek Rashitov (-55 kg) hamda Jasur Jaysunov (-68 kg) o‘z vazn toifalarida qit’amizda tengsiz ekanliklarini isbotlagan bo‘lsalar, Azizjon O‘ktamov (-48 kg) finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, Abdulaziz Hamidullayev (-63 kg), Marat Mavlonov (-78 kg), Feruza Sodiqova (-63 kg) hamda Ozoda Sobirjonova (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

Jami yettita medal jamg‘argan terma jamoamiz yakunda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, bu Osiyo chempionati yigitlarimizning ilk bor oltin medal qo‘lga kiritgani bilan tarixda qolmoqda. Ulug‘bek Rashitov esa yigitlar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

G‘olib va sovrindorlarimizni yana bir bor yodga olamiz:

Oltin:
Ulug‘bek Rashitov (-55 kg)
Jasur Jaysunov (-68 kg)

Kumush:
Azizjon O‘ktamov (-48 kg)

Bronza:
Abdulaziz Hamidullayev (-63 kg)
Marat Mavlonov (-78 kg)
Feruza Sodiqova (-63 kg)
Ozoda Sobirjonova (-55 kg)

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:47, 23.07.2019.
O'qildi: 2664 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик