Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«Real» avgust oyida 2ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

«Real» avgust oyida 2ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Real» klub avgust oyida yana ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadigan bo‘ldi.

Zidan shogirdlari 11 avgust kuni «Stadio Olimpiko»da «Roma» bilan to‘qnash keladi. Undan oldin esa «Madrid» 7 avgust kuni Avstriyada «Red Bull» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, "Qirollik klubi" Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Bavariya» va «Arsenal» qarshi o‘yinlarda ishtirok etdi. "Qaymoqranglilar" 27 iyul kuni maxkur musobaqa doirasida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.

Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o‘tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa 30 iyul kuni yarim finalda «Tottenxem» bilan to‘qnash kelsa, oradan 1 kun o‘tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o‘rin uchun o‘yin kutib turibdi.

«Real» yangi mavsumni 17 avgust boshlaydi. O‘sha kuni madridliklar safarda La liga doirasida «Selta»ga qarshi maydonga tushadilar.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 15:56, 25.07.2019.
O'qildi: 4381 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик